MOZAIK EVOLYUTSIYA

MOZAIK EVOLYUTSIYA — yuksak taksonlarga mansub organizmlar yangi guruxlarining paydo boʻlishida har xil organlar qayta tuzilishining bir xil tezlikda bormasligi. Mozaik evolyutsiya ayrim organlar va ular evolyutsiyasining mustaqil borishi bilan bogʻliq. Mozaik evolyutsiya tufayli «mozaik» belgilarga ega aralash formalar vujudga keladi. Mas, odam ajdodlarida juda erta paydo boʻlgan tik yurishga moslanish belgilari bilan birga bosh miyaning kichik va qoʻlning kalta boʻlishidan iborat maymunlar uchun xos belgilar, arxeopteriksda qushlarga xos belgilar bilan bir qatorda sudralib yuruvchilarga xos belgilar ham boʻlgan. Mozaik evolyutsiya prinsipini G. de Bir (1954) ar-xeopteriksni urganish asosida shakllantirgan. Undan ancha oldin ingliz paleontologi D. Uotson (1919) seymurlar (sudralib yuruvchilar ajdodiga uxshash xayvonlar) tuzilishidagi mozaiklikni aniqlagan. Mozaik evolyutsiya prinsiplari u yoki bu darajada barcha organizmlar filogenezida sodir buladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x