MYUZIK-XOLL

MYUZIK-XOLL (ing. music-hall — musikali zal, konsert zali) — estrada teatri turi. 19-a. Angliyada London taverna (oshxona)larida yuzaga kelgan. Dastlab havaskor musiqachilar tomonidan ijro etilgan eski xalq qoʻshiklaridan tarkib topib, keyinroq M.-x. ga professional sanʼatkorlar jalb etilgan (1848-y. Ch. Morton tashkil etgan Canterburry Hall). Unda qisqa pyesa, qoʻshiq, raqslar ijro etilgan, koʻzboʻyamachi, muqallidlar tomosha koʻrsatgan. Keyinchalik Yevropa va Amerika mamlakatlarida, 1880-y. lardan faqat tomosha muassasasi sifatida keng rivoj topgan. M.-x. dasturlari turli janrlarga oid kichik tomoshalardan iborat boʻlib, musiqali-estrada konserti yoki muay-yan syujetga asoslangan musiqali estrada spektakllarini tashkil qiladi.

Oʻzbekistonda ilk M.-x. dasturi «Bandung ruhi» nomi bilan 1958-y. da Toshkentda boʻlib oʻtgan 1-Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi yozuvchilari anjumanida koʻrsatilgan (rej. lar A. Qobulov va A. Ikonnikov, dirijyor — A. Dvoskin, solistlar — Botir va Luiza Zokirovlar, K. Jalilova va b.). 1973—78 y. larda Toshkent M.-x. i faoliyat koʻrsatgan (badiiy rahbari va bosh re-j. i — Botir Zokirov).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x