MONOGRAFIYA

MONOGRAFIYA (mono… va… grafiya) — muayyan mavzu yoki muammoni, biror olim yoki yozuvchi hayoti va faoliyatini atroflicha, chuqur tadqiq etuvchi ilmiy asar. M. da yoritilayotgan masala boʻyicha mavjud adabiyot umumlashtiriladi va tahlil etiladi, fanni rivojlantirishda yordam beradigan faraz va xulosalar ilgari suriladi. Пост Навигацияси

MAGʻJON

MAGʻJON (1893, hoz. Shim. Qozogʻiston viloyati — 1938, Moskva) — qozoq shoiri, jurnalist, maorif arbobi. Qiziljar (hoz. Krasnoyarsk)dagi Eski qozoq madrasasi (1905—10), Ufadagi Oliya madrasasi (1910—12), Omskdagi Oʻqituvchilar instituti (1913—17) da tahsil olgan. Fors, arab, turk, rus tillarini yaxshi bilgan, Yevropa adabiyoti bilan yaqindan tanishgan. Alash Oʻrda hukumatining maorif komissi-yasi aʼzosi (1917), Qozogʻiston hukumatining maorif … Читать далее

PUERTO-RIKO

PUERTO-RIKO (Puerto Rico) , Puerto-Riko Hamdoʻstligi (Commonwelth of Puerto Rico) — Vest-Indiyada Katta Antil o. lari arxipelagining sharqiy qismidagi Puerto-Riko, Vyekes, Kulebra va Mona o. larida joylashgan AQSH mulki. Mayd. 8,9 ming km2. Axrlisi 3,95 mln. kishi (2002). Maʼmuriy jihatdan 78 munitsipal okrug (district)ra boʻlinadi. Maʼmuriy markazi — San-Xuan sh. Davlat tuzumi. P.-R. AQSHga «erkin … Читать далее

MULLA QIRGʻIZ MADRASASI

MULLA QIRGʻIZ MADRASASI — Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (20a.) – Maxalliy usta mulla Qirgʻiz (Mulla Bozor Oxund) nomi bilan bogʻliq. Mulla Bozor Oxund fiqh, qadis, adabiyot va b. ilmlarni yaxshi egallagan yirik olim, 17-a. ning 1-yarmida yashab ijod etgan. Buxorodagi madrasada oʻqib, donishmand olim Mirzo Bahodir Buxoriydan taʼlim olgan, u zotdan ir-shod xatini — pirning yorligʻini … Читать далее

MUHSINIY

MUHSINIY (taxallusi; asl ismsharifi Husaynqul Sulaymonqul oʻgʻli) (1860—Qoʻqon)—1917) — shoir, tarjimon va xattot. Oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan. Mirzo Yodgor va Hokimoyim madrasalarida tahsil koʻrgan. Madrasada oʻqib yurgan yillarida Muqimiy va Furqat bilan tanishadi. Muhsiniyning 4 ta sheʼriy devoni bor. U Sharq mumtoz adabiyotining gʻazal, mustazod, mu-xammas, qasida, taʼrix, ruboiy, masnaviy, musaddas, tarjeʼband kabi … Читать далее

MAURIYALAR IMPERIYASI

MAURIYALAR IMPERIYASI (mil. av. 4—2-a. lar) — qad. Hishshstondagi yirik quddorlik davlati. Mauriya (Maurya) sulolasidan Magadha hukmdori Chandragupta (mil. av. 317—293-y. lar hukmronlik qilgan) asos solgan. Chandragupta butun Shim.-Gʻarbiy Hindistonni, mil. av. 305-y. Balujiston va Sharqiy Afgʻonistonni Mauriyalar imperiyasiga qoʻshib olgan. Uning oʻgʻli Bindusara (mil. av. 293— 268) davrida Mauriyalar imperiyasiga Dekan ham tobe boʻlgan. … Читать далее

PSIXOANALIZ

PSIXOANALIZ (psixo… va analiz) — psixoterapiya metodi va 3. Freyd tomo-nidan rivojlantirilgan psixologik taʼlimot. Ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyani diqqat markaziga qoʻyadi. Inson xulqi asosini lazzat olish (libido)ga nisbatan, ayniqsa, ilk bolalikda paydo boʻlgan seksual (jin-siy) mayl tashkil qiladi degan gʻoyani ilgari surib, odam xulqidagi ijtimoiylik, onglilikni inkor etadi. Ongdan unga muvofiq kelmaydigan (asosan, seksual) … Читать далее

POLSHA

POLSHA (Polska), Polsha Respublikasi (Rzeczpospolita Polska) — Markaziy Yevropadagi davlat. Mayd. 312,7 ming km2. Aholisi 38,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Varshava sh. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (wojewodztwo) ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Polsha — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-y. 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1995-y. dan Aleksander Kvasnevski), u P. fuqarolari tomonidan umumiy teng … Читать далее

MOSKVA

MOSKVA — RF poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal axamiyatidagi shaxar. RFning yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, RF hukumati, Konstitutsiyey Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, RF Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 maʼ-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Jan.-Sharqiy, Janubiy, Jan.-Gʻarbiy, Gʻarbiy, Shim.-Gʻarbiy, Shimoliy, Shim.Sharqiy hamda Zelenograd sh.) boʻlingan. Shahar chegarasi, … Читать далее

MAYNS

MAYNS — Germaniyadagi shahar. Reyn daryosi boʻyida, Reynland-Pfals yerida. Aholisi 185,9 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni, dare porti. Transport mashinasozligining yirik markazi. Elektrotexnika, kimyo, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, oyna, sement, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Reyn vinolari savdosi markazi. Un-t (1477), konservatoriya, Fan va adabiyot akademiyasi, milliy teatr, Gutenberg muzeyi va b. muzeylar bor. Meʼmoriy … Читать далее