MAGʻJON

MAGʻJON (1893, hoz. Shim. Qozogʻiston viloyati — 1938, Moskva) — qozoq shoiri, jurnalist, maorif arbobi. Qiziljar (hoz. Krasnoyarsk)dagi Eski qozoq madrasasi (1905—10), Ufadagi Oliya madrasasi (1910—12), Omskdagi Oʻqituvchilar instituti (1913—17) da tahsil olgan. Fors, arab, turk, rus tillarini yaxshi bilgan, Yevropa adabiyoti bilan yaqindan tanishgan. Alash Oʻrda hukumatining maorif komissi-yasi aʼzosi (1917), Qozogʻiston hukumatining maorif komissari (1919), «Hurriyat bayrogʻi» gaz. ning muharriri (1920— 22). 1922-y. da Toshkentga chaqirib olinadi. Bu yerda Turkiston jumhuriyati qoshidagi «Qozoqqirgʻiz bilim komissiyasi» aʼzosi, «Choʻlpon», «Sana» jur. lari, «Oq joʻl» gaz. tashkilotchilaridan boʻldi. Moskvadagi Oliy adabiyot va sanʼat intida oʻqidi (1923-26).

1924-y. da Moskvadagi «Yoshlarning adabiy jamiyati»da Magʻjonning Toshkentda chiqargan sheʼriy kitobi (1923) muhokama qilinadi va uni millatchilikni kuylaganligi, tasavvufni, tarixni ulugʻlagani qattiq tanqid ostiga olinadi. Shundan soʻng Magʻjon millatchi, turkchi, boylar tarafdori sifatida ayblanadi. 1927-y. da Qozogʻistonga qaytib, bir muddat Qiziljarda oʻqituvchilik qilgach, xalq dushmani sifatida qamaladi (1929). 1935-y. da Gorkiy yordamida qamoqdan chiqadi. Biroq 1937-y. da takror qamalib, 1938-y. martida otib oʻldiriladi. Magʻjon 1988-y. da oqlangan.

Magʻjon xilma-xil mavzularda sheʼrlar yozgan. Tabiat va inson goʻzalliklarini tasvirlar ekan, ilhom va muhabbatini, sabru bardoshini ularga boʻlgan samimiy ehtirom bilan bogʻlaydi va oʻziga xos uslub yaratadi («Men kim?», «Oʻt» va b.).

Magʻjon sheʼrlari «Choʻlpon» (1912,Qozon), «Oʻlanlar» (1922, Qozon), «Magʻjon Jumaboyev oʻlanlari» (1923, Toshkent) nomlari bilan 3 kitob holida nashr etilgan. Magʻjon 1923—26 y. larda boshlangʻich maktab oʻquvchilari uchun darsliklar yozgan.

Begali Qosimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x