MULLA QIRGʻIZ MADRASASI

MULLA QIRGʻIZ MADRASASI — Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (20a.) – Maxalliy usta mulla Qirgʻiz (Mulla Bozor Oxund) nomi bilan bogʻliq. Mulla Bozor Oxund fiqh, qadis, adabiyot va b. ilmlarni yaxshi egallagan yirik olim, 17-a. ning 1-yarmida yashab ijod etgan. Buxorodagi madrasada oʻqib, donishmand olim Mirzo Bahodir Buxoriydan taʼlim olgan, u zotdan ir-shod xatini — pirning yorligʻini olgach, Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlariga sayohat qilgan.

Madrasa shahar markazida qurilgan. Bino tarhi notekis, 5 qirrali boʻlib, hujralar bilan oʻrab olingan. Bunday shaklni Madrasa qurilgan joy sharo-itlari taqozo qilgan. Masjid va darsxona gumbazli, bir-biriga tutash qilib qurilgan, hujralar qoʻshqavatli. Hovlida minora bor. Bosh tarzi meʼmorligida xujralar qiyofasiga koʻrkamlik baxsh etib turgan mexrobiy ravoq koʻzga tashlanadi. Peshtoqni bezashda koʻk, yashil, sariq, oq rangli koshinlar qoʻllangan. Mulla Qirgʻiz yaratgan Madrasa anʼanaviyligi bilan emas, balki tarx, yechimining alohidaligi bilan diqqatga sazovor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x