MAYNS

MAYNS — Germaniyadagi shahar. Reyn daryosi boʻyida, Reynland-Pfals yerida. Aholisi 185,9 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni, dare porti. Transport mashinasozligining yirik markazi. Elektrotexnika, kimyo, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, oyna, sement, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Reyn vinolari savdosi markazi. Un-t (1477), konservatoriya, Fan va adabiyot akademiyasi, milliy teatr, Gutenberg muzeyi va b. muzeylar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, gotika cherkovi, kyurfyurstlar qasri va b. saqlangan. Shaharga mil. av. 1-a. da qad. rimliklarning Mogonsiakum lageri sifatida asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x