MAURIYALAR IMPERIYASI

MAURIYALAR IMPERIYASI (mil. av. 4—2-a. lar) — qad. Hishshstondagi yirik quddorlik davlati. Mauriya (Maurya) sulolasidan Magadha hukmdori Chandragupta (mil. av. 317—293-y. lar hukmronlik qilgan) asos solgan. Chandragupta butun Shim.-Gʻarbiy Hindistonni, mil. av. 305-y. Balujiston va Sharqiy Afgʻonistonni Mauriyalar imperiyasiga qoʻshib olgan. Uning oʻgʻli Bindusara (mil. av. 293— 268) davrida Mauriyalar imperiyasiga Dekan ham tobe boʻlgan. Bindusaraning oʻgʻli Ashoka davrida (mil. av. 268—232) Mauriyalar imperiyasi ravnaq toptan. Imperiya shim. da — Kashmir va Himolay togʻlaridan jan. da Maysurgacha, gʻarbda — Afgʻonistondan sharqda Bengaliya qoʻltigʻigacha boʻlgan maydonni egallagan. Hindistonning qoʻshni va gʻarb mamlakatlari bilan savdo, madaniy va diplomatik aloqalari ancha kengaygan. Buddizm butun Hindiston va koʻshni mamlakatlarga tarqalgan. Turli viloyatlar oʻrtasida munosabatlar yaxshilangan, sanʼat, adabiyot va siyosat toʻgʻrisida asarlar yaratilgan. Ashoka vorislari davrida imperiya 2 qismga boʻlinib ketgan. Mil. av. 2-a. boshlarida Mauriyalar imperiyasining shim.gʻarbiy qismi Yunon-Baqtriya podsholigiga qoʻshib olingan. Mauriyalar imperiyasining oxirgi shohi Brixadratha shunglar sulolasidan boʻlgan lashkarboshi Pushyamitra tomonidan oʻldirilgan va hokimiyat shu sulola koʻliga oʻtgan (mil. av. 180).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x