BOTANIKA

BOTANIKA (yun. botanikos — oʻsimlikka tegishli, botane — oʻsimlik, oʻt, giyoh) — oʻsimliklar toʻgʻrisidagi fanlar majmui. Botanika yer yuzidagi oʻsimliklar dunyosini, oʻsimliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi oʻzaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan oʻrganadi. Botanika birbiri bilan oʻzaro bogʻlangan oʻsimliklar sistematikasi, paleobotanika, geobotanika, morfologiya, anatomiya, sitologiya, antekologiya, filogeniya, florogenetika, … Читать далее

BODOMISTON

BODOMISTON — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy. Toʻpalangdaryo (Surxondaryo)ga quyiluvchi Kishtutsoytsht chap irmogʻi. Hisor va Qoldirgʻa togʻlari tutashgan joydagi muzliklar (3700 m)dan boshlanadi. Yuqori oqimida gʻarbga, soʻng jan. gʻarbga oqadi. Uz. 12 km, havzasining mayd. 91 km2. B. ning umumiy uz. 10 km boʻlgan 7 ta mayda irmogʻi bor, havzasida umumiy mayd. 5,9 km2 boʻlgan … Читать далее

VARD

VARD (sugʻdiycha — buta, shox-shabba) — dare oʻzanlari va ulardan boshlangan yi-rik tarmoqlar oqimini toʻsib, kanallarga suv chiqarishda foydalaniladigan shox-shabba oʻrami. Vard atamasi Xorazmda «navard», Zarafshon vodiysida «navola», Fargʻona vodiysida «oʻluk», Chirchiq hamda Sirdaryo vohalarida esa «qorabura» shakllarida talaffuz etiladi. Bu atamalar «shox-shabba oʻrami» maʼnosini anglatib, ulardan suv xoʻjaligida qadimdan keng foydalanib kelingan. Vardlar, orasi … Читать далее

VANJ

VANJ — Tojikiston Respublikasi Togli Badaxshon muxtor viloyatidagi dare. Panj daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 103 km, havzasining mayd. 2070 km2. Vanj, Yazgʻulom va Fanlar Akademiyasi tizmalaridagi doimiy qor va muzliklardan boshlanadi. Ikki irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi: ulardan chap irmoq Vanj tizmasining shim. yon bagʻrida 5500 m balandliqdagi muzlikdan, oʻng irmoq Fanlar Akademiyasi tizmasi gʻarbiy yon … Читать далее

BIOINDIKATORLAR

BIOINDIKATORLAR (bio… va lot. indico—koʻrsataman, aniqlayman) — soni yoki rivojlanish xususiyatlarining oʻzgarishi orqali yashash muhitida sodir boʻlayotgan tabiiy jarayonlar, sharoit yoki antropogen oʻzgarishlardan darak beruvchi tirik organizmlar. Koʻpchilik organizmlar yashash muhiti omillari (tuproq, suv va atmosferaning kimyoviy tarkibi, ikdim va obhavo sharoiti, boshka organizmlarning boʻlishi va b.)ga juda sezgir boʻlib, bu omillar muayyan, koʻpincha cheklangan … Читать далее

VULKANOGEN CHOʻKINDI JINSLAR

VULKANOGEN CHOʻKINDI JINSLAR — vulkan va choʻkindi materiallardan tashkil topgan togʻ jinslari. Vulkanlarning portlab otilishidan hosil boʻlgan qattiq, boʻlakli va kimyoviy (suvda erigan) boʻlishi mumkin. Boʻlakli yoki piroklastik materiallar (suyuq lava mahsulotlari, vulkan qattiq va b. jinslarning maydalangani) boʻsh, palaxsalar, vulkan bombalari, lapillalar, vulkan qumlari va kullari toʻplamini tashkil etadi. Choʻkkan joylarida sementlashishidan yoki boshqa … Читать далее

VOLVOKSSIMONLAR

VOLVOKSSIMONLAR (Volvocophyceae) — yashil suv oʻtlari sinfi. Yakka hujayra (donaliyella, xlamidomonada) yoki koloniya (volvoks, pandorina, eudofina) boʻlib oʻsadi, oʻsuv davrida harakatchan. Hujayrasida kosasimon pirenoidli xloroplast, qizil «koʻzcha», qisqaruvchi vakuol, 2 (baʼzan 4,8) ta xivchin boʻladi. Yakka hujayra Volvokssimonlar qattiq qobiqsiz. Volvokssimonlar boʻyiga boʻlinish orqali, qobiqli Volvokssimonlar zoosporalar hosil qilish orqali jinssiz koʻpayadi. Koloniya Volvokssimonlarning jinssiz … Читать далее

VOLGOGRAD VILOYATI

VOLGOGRAD VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1936-y. 5 dek. da tashkil etilgan. Mayd. 113,9 ming km2. Aholisi 2645 ming kishi (1999), shaharliklar 76%. V. v. da 19 shahar, 32 shaharcha bor (1991). Markazi — Volgograd sh. Volgograd viloyati Quyi Volga boʻyida dasht va chala choʻl zonasida. Volga daryosi vodiysi viloyat hududini 2 qismga: gʻarbiy — … Читать далее

BENTOS

BENTOS (yun. benthos — chuqurlik) — dengiz va chuchuk suv havzalari tubidagi balchikda va uning ustida yashaydigan organizmlar. Bentos oʻsimliklar (fitobentos) va hayvonlar (zoobentos) Bentosga ajratiladi. Zoobentos oʻz navbatida loyqada yashaydigan hayvonlar — infauna (koʻp tuklilar. ikki pallali mollyuskalar, exiuridlar, sipunkulidlar, ayrim ignaterililar va b.)ga, loyqa ustida oʻrmalab yuruvchilar — onfauna (koʻp tuklilar, mollyuskalar, ignaterililar, … Читать далее

BENGALIYA QOʻLTIGʻI

BENGALIYA QOʻLTIGʻI — Hind okeanidagi qoʻltiq. Hindiston va Hindixitoy ya. o. lari hamda Andaman, Nikobar o. lari oʻrtasida. Mayd. 2191 ming km2. Oʻrtacha chuq. 2586 m, eng chuqur joyi 4519 m. Yirik daryolardan Gang va Brahmaputra quyiladi. Suvining oʻrtacha t-rasi fev. da 25 — 27°, avg. da 28°. Shoʻrligi 30%o, Gang daryosi quyiladigan yerda bundan … Читать далее