VANJ

VANJTojikiston Respublikasi Togli Badaxshon muxtor viloyatidagi dare. Panj daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 103 km, havzasining mayd. 2070 km2. Vanj, Yazgʻulom va Fanlar Akademiyasi tizmalaridagi doimiy qor va muzliklardan boshlanadi. Ikki irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi: ulardan chap irmoq Vanj tizmasining shim. yon bagʻrida 5500 m balandliqdagi muzlikdan, oʻng irmoq Fanlar Akademiyasi tizmasi gʻarbiy yon bagʻridagi muzlikdan boshlanadi. Gʻarbiy Pomir togʻlari, Vaij va Darvoz tizmalari orasidan oqib oʻtadi. Vanjga Vanj va Darvoz tizmalaridan ham juda koʻp sersuv soylar keladi. Vanj 5—6 oy toʻlib oqadi, eng koʻp suv sarfi iyul—avg., eng kam suv sarfi qish oylariga toʻgʻri keladi. Oʻrtacha suv sarfi 50 m3/sek. Vanjda GES qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x