BENTOS

BENTOS (yun. benthos — chuqurlik) — dengiz va chuchuk suv havzalari tubidagi balchikda va uning ustida yashaydigan organizmlar. Bentos oʻsimliklar (fitobentos) va hayvonlar (zoobentos) Bentosga ajratiladi. Zoobentos oʻz navbatida loyqada yashaydigan hayvonlar — infauna (koʻp tuklilar. ikki pallali mollyuskalar, exiuridlar, sipunkulidlar, ayrim ignaterililar va b.)ga, loyqa ustida oʻrmalab yuruvchilar — onfauna (koʻp tuklilar, mollyuskalar, ignaterililar, qisqichbaqasimonlar), substratga yopishib yashovchilar — epifauna (gʻovak tanlilar, gidroidlar, aktiniyalar. Korallar, mshankalar, dengiz yopgoqchalari, ayrim ikkipallalilar). suv tubi yaqinida suzib yuradigan, baʼzan suv tubiga tushib turashgan nsktobentos (krevetkalar. mizidlar, ayrim goloturiyalar, suv tubi baliklari va b.)ga ajratiladi. Tanasining oʻlchami boʻyicha Bentos makrobentos (5 — 10 mm va undan yirikroq organpzmlar), meyobentos (0.5 mm dan 10 mm gacha) va mikrobeitosga (0.5 mm dan kichik) boʻlinadi. Dengizning sayoz qismida fitobentos asosan makrofitlar (suv oʻtlari)dan, chuqur qismida esa hayvonlar va bakteriyalardan iborat. Dengizlarda Bentos biomassasi chuqurlik ortishi bilan kamayib boradi. Dengiz tubining 8% ni tashkil etadigan sohil boʻyi suvlari (chuq. 200 m gacha) biomassasiga dengiz biomassasining 60%, aksincha suv tubining 3Gʻ4 qismiga teng boʻlgan abissal qismiga 10% biomassa toʻgʻri keladi. Okean B. yalpi biomassasi 10 — 12 mlrd. t ga teng. Chuchuk suvlarda Bentos son va turlar jihatidan nisbatan xilmaxil boʻlmaydi. Zoobentos tarkibiga har xil umurtqasiz hayvonlar. fitobentosga suv oʻtlari va gulli oʻsimliklar kiradi. Bentos koʻpchilik baliklar va b. hayvonlar uchun oziq hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x