VILT

VILT (ing. to wilt — soʻlish) , oq palak, soʻlish — takomillashmagan zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimlik oʻtkazuvchi naylari kasalliklari (traxeomikozlar). Vertitsillyoz Vilt va fuzarioz Vilt turlari bor. Vertitsillyoz Viltni Verticillium dahliae Klebahn zamburugʻi qoʻzgʻatadi. Ikki pallali oʻsimliklarning qariyb 400 dan ortiq turini zararlaydi. Ayniqsa, Oʻzbekistonda koʻproq gʻoʻza, kamroq kunjut, dagʻal kanop, jut, zigʻir, baqalajon, qalampir, pomidor, … Читать далее

BOSH MIYA

BOSH MIYA — odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv sistemasiniit oliy qismi; kalla suyagi boʻshligʻida joylashgan; u umurtqa pogʻonasi kanalidagi orqa miya bilan markaziy nerv sistemasini tashkil etadi. Bosh miya uzunnoq miya, miya koʻprigi, oʻrta miya, miyacha, miya oyokchalari va katta yarim sharlardan iborat. Uzunchoq miya orqamiya bilan miya koʻprigi oraligʻida joylashgan, uning ichki qismi … Читать далее

VENTA

VENTA — Litva va Latviyadagi daryo, Jimay (Jmud) qirlaridan boshlanib, Boltiq dengiziga quyiladi. Uz. 346 km, havzasining mayd. 11,8 ming km2. Quyi qismi tinch oqadi. Qor, yomgʻir va grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 95 m3/sek. Venta dek. dan martgacha muzlab yotadi. Ventada Piltene pristanigacha kema qatnaydi, quyilish joyida Ventspils sh. bor. Пост Навигацияси

VELIKAYA

VELIKAYA — RF Pskov viloyatidagi daryo. Bejanitsi qirlaridan boshlanadi, delta hosil qilib Chud-Pskov koʻliga quyiladi. Uz. 430 km, havzasining mayd. 25,2 ming km2. Asosiy irmoklari: Issa, Sinyaya, Utroya (chapda), Sorot, Chere-xa, Pskova (oʻngda). Oʻrtacha yillik suv sarfi Pyatonovo qishlogʻi yonida 134 m3/ sek. Velikaya noyabrdan apr. boshigacha muzlab yotadi. Quyilish yeridan Velikayada yogʻoch oqiziladi. 40 … Читать далее

BRAHMAPUTRA

BRAHMAPUTRA, Bramaputra Jan. Osiyoda, Xitoy (Tibetdagi nomi Sangpo) , Hindiston va Bangladeshdagi daryo. Uz. 2900 km, havzasining mayd. 935 ming km2. Tibet togʻligining jan. sharqida, 4800 m ga yaqin balandlikda Ladakh tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Jan. Tibetdagi kenglik boʻylab choʻzilgan chuqur tektonik choʻkmadan oqib oʻtadi. Soʻngra jan. ga keskin burilib, Himolay va Hindixitoy togʻlari orasidagi ulkan … Читать далее

BOGʻ TUZISH SANʼATI

BOGʻ TUZISH SANʼATI, bogʻdorlik sanʼati — xiyobon, bogʻ, park, chorbogʻ va b. koʻkalamzorlashtirilgan joylar yaratish sanʼati. Meʼmoriy rejasi, tarkibidagi koʻshklari, hovuzlari, xilmaxil daraxtlari, chamanlari bilan meʼmorlikda alohida oʻrin tutadi. Doim oʻz tusini oʻzgartirib turuvchi yirik dovdaraxtlarning tabiat hamda badiiy ijod bilan uygʻunlashuvi Bogʻ tuzish sanʼatining oʻziga xos xususiyatidir. Bogʻ tuzish sanʼatida mahalliy iklim, boʻrtma tasvir, … Читать далее

VOHA TUPROQLARI

VOHA TUPROQLARI — sugʻorma dehqonchilik mintaqalaridagi tuproqlar. Keng daryo vodiylari, togʻlararo soyliklar va togʻ etaklarining nishab tekisliklaridagi vohalarda tarqalgan. Oʻrta Osiyo V. t. qadimdan dehqonchilik qilib kelinayotgan hududlardagi tuproqlarning asosiy qismini tashkil etadi. Sugʻorma dehqonchilik taʼsirida Voha tuproqlari mutlaqo yangi belgilarga ega boʻlib boradi. Sugʻoriladigan yerlarga beriladigan suv bilan birga oziq moddalarga boy oqiziqlar keladi. … Читать далее

BOSHQARILADIGAN BALLISTIK RAKETA

BOSHQARILADIGAN BALLISTIK RAKETA — raketa dvigateli va avtomatik boshqarish tizimi bilan taʼminlangan uchuvchi apparat. Apparat raketaning jangovar qismi (kallagi)ni nishon turgan joyga yetkazib beradi. Jangovar qismining uchish trayektoriyasi (yoʻnalishi) boshqariladi. Boshqariladigan ballistik raketa 3 xil: taktik, operativtaktik va strategik xillarga boʻlinadi. Taktik Boshqariladigan ballistik raketalar bir necha oʻn km ga otiladi. Undan umumqoʻshin qismlari va … Читать далее

BOSH SUV OLISH INSHOOTI

BOSH SUV OLISH INSHOOTI — daryodan kanallarga toʻgʻonsiz suv olish joyida quriladigan inshoot. Bosh suv olish inshooti oʻrnini belgilashda asosan daryoning qirgʻoq sharoiti hisobga olinadi (daryo qirgʻogʻining tuproq tarkibi, yemirilish xususiyatlari toshqin vaktida daryo suvining koʻtarilish sathi va b.). Agar daryo qirgʻogʻi suv olish joyida yemirilmaydigan mustahkam boʻlsa, u holda Bosh suv olish inshooti bevosita … Читать далее

BOTQOQ BALCHIQCHILAR

BOTQOQ BALCHIQCHILAR (Sitova) — balchiqchilar turkumining chuldoqlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 4 ta turi mavjud. Shim. yarim sharda tarqalgan. Oʻzbekistonda katta Botqoq balchiqchilar (L. limosa) va kichik Botqoq balchiqchilar (L. lapponica) deb ataladigan turlari qushlarning bahorgi va kuzgi uchib oʻtishi davrida uchraydi, lekin ularning soni koʻp emas. Botqoq balchiqchilar suvga yaqin joylarda yashaydi, uyasini esa … Читать далее