MOXOV

MOXOV (arab, maxv — yoʻq qilish yoki chetlatish) , lepra, prokaza — butun organizmni, xususan, teri, nerv sistemasi hamda ichki aʼzolarni zararlaydigan surunkali infeksion kasallik. Uni kislotaga chidamli moxov mikobakteriyasi (Mycobactererium leprae Hansen) qoʻzgʻatadi. Kasallik tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayrim tarixiy qoʻlyozmalarda taʼkidlanishicha, miloddan 3 — 3,5 ming yil avval M. Misrda uchragan. Moʻgʻuliston, … Читать далее

MONIYEZIOZLAR

MONIYEZIOZLAR — kavsh kaytaruvchi hayvonlarning ingichka ichagida parazit holida yashovchi Moniezia turkumiga mansub sestodalar chaqiruvchi invazion kasallik. Sestodlar oraliq xoʻjayinzirhli kanalar ishtirokida rivojlanadi. Yosh mollar sharoiti no-qulay boʻlgan yaylovlarga olib chiqilgach, oʻt bilan birga kanallarni yutib yuborib, kasallanadi. Kasallangan hayvon lohaslanadi, ichi ketadi, oriqlaydi, ichagi ogʻrib, aylanma harakat qila boshlaydi. Tashhis axlat namunalarida gelmintlar va … Читать далее

MARSHALLAGIOZLAR

MARSHALLAGIOZLAR — oʻtxoʻr hayvonlarda uchraydigan gelmintoz kasallik. Marshallagiya avlodiga mansub, hayvonlarning shirdonida (oshqozonida) parazitlik qiluvchi nematodalar qoʻzgʻatadi. Kasallik qoramol, qoʻy, echki va yovvoyi hayvonlar oʻrtasida keng tarqalgan. Marshallagiozlar qurgʻoqchil, keskin oʻzgaruvchan iqlimli joylarda uchraydi. Hayvon organizmida gijja 23—30 kun davomida jinsiy yetiladi va tashqi muhitga koʻplab miqdorda tuxum chiqarib turadi. 2—3 oylik qoʻzilar ogʻir kasalanadi. … Читать далее

MANQA

MANQA — odam va hayvonlarda uchraydigan infeksion kasallik. Teri, shilliq pardalar, muskullar va ichki aʼzolarning zararlanishi bilan kechadi. Kasallikni tayoqchasimon bakteriya — Pseudomonas mallei qoʻzgʻatadi. Manqa zoonoz infeksiya boʻlib, aksari bir tuyokli hayvonlar (ot, eshak, xachir, tuya va zebralar)da uchraydi. Kasallik, koʻpincha, odamga Manqa bilan ogʻrigan otlardan yuqadi. Infeksiya qoʻzgʻatuvchisi shikastlangan teri yoki shilliq qavatlar … Читать далее

MAKROSPORIOZLAR

MAKROSPORIOZLAR — oʻsimliklarning keng tarqalgan zamburugʻli kasalliklari. Zararlangan oʻsimlik poya va barglarida turli shakl, tus va kattalikda qora gʻuborli dogʻ (ulik hujayra)lar paydo boʻladi. Macrosporium avlodiga mansub har xil tur zamburugʻlar vujudga keltiradi. Konidiyalar bilan tarqaladi. Gʻoʻza M. ida (qoʻzgʻatuvchisi M.nigricantum) yer ustki organlari: urugʻbarg, koʻsak, tola, shuningdek, bar-glar, barg bandlari, gulyonbarglari zararlanadi. Urugʻpalla, chinbarglarda … Читать далее

PES

PES, vitiligo — terida yarachaqasiz oq dogʻlar paydo boʻlishi (pigment yoʻqolishi). Nerv va endokrin kasalliklari alomati boʻlishi mumkin. Pes paydo boʻlishida irsiy omillarning xam roli bor. Bunda terining turli joylari (koʻpincha yuz, boʻyin, qoʻl)ga oq dogʻ tushadi. Dogʻlar dumaloq yoki ovalsimon boʻlib, atrofidagi sogʻ teridan aniq ajralib turadi. Pes dogʻlari asta-sekin kattalashib, bir-biri bilan qoʻshilishi, … Читать далее

PATOLOGIYA

PATOLOGIYA (yun. pathos — kasallik va ..logiya) — nazariy va klinik tibbiyot sohasi; kasallikning paydo boʻlish sa-babi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va okibatini oʻrganadi. Patologik jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va sabablari umumiy Patologiyada, ayrim aʼzo va sistemalar kasalliklari xususiy Patologiyada oʻrganiladi. Patologiya patologik anatomiya va patologik fiziologiyata boʻli-nadi. Bundan tashqari, eksperimental, qiyosiy, klinik Patologiya, oʻlka P. si, … Читать далее

PAREZ

PAREZ (yun. paresis — boʻshashish, zaiflashish) — erkin harakatlarning zaiflashuvi; chala falaj. Bunda, tananing falajlangan qismida harakat bir oz saqlanib qoladi. Parez sabablari falajdagi kabi Parez ogʻir kasallik belgilaridan boʻlgani uchun darhol vrachga murojaat qilish kerak. Parezni ilk bosqichida davolansa, jarayonni toʻxtatib, falajning oldini olish mumkin. Пост Навигацияси

PARVANA

PARVANA — oʻrtapishar xoʻraki kishmish uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i. t. in-tida Kattaqoʻrgʻon va Xishrov kishmishi navlarini chatishtirib chiqarilgan (S. A. Pogosyan, S. S. Xachatryan, E. L. Martirosyan, V. I. Yegizaryan). Bargi oʻrtacha, 5 boʻlmali, osti tuksiz. Guli 2 jinsli. Uzum boshi oʻrtacha va yirik, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumlari yirik, choʻziq-tuxumsimon, sargʻimtir, gʻubor … Читать далее

PANKREATIT

PANKREATIT (yun. pankreas — meʼda osti bezi) — meʼda osti bezining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Pankreatit alkogolizm, yolchitib ovqatlanmaslik yoki meʼyoridan ortiqovqat yeyish, shuningdek, oʻt toshi kasalligi natijasida paydo boʻladi. Pankreatitga meʼda osti bezi tomirlarining zararlanishi yoki unga tromblar tiqilib qolishi, infeksion kasalliklar, shikastlanishlar va qorin boʻshligʻidagi turli yalligʻlanishlar sabab boʻladi. Oʻtkir Pankreatitda … Читать далее