PATOLOGIYA

PATOLOGIYA (yun. pathos — kasallik va ..logiya) — nazariy va klinik tibbiyot sohasi; kasallikning paydo boʻlish sa-babi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va okibatini oʻrganadi. Patologik jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va sabablari umumiy Patologiyada, ayrim aʼzo va sistemalar kasalliklari xususiy Patologiyada oʻrganiladi. Patologiya patologik anatomiya va patologik fiziologiyata boʻli-nadi. Bundan tashqari, eksperimental, qiyosiy, klinik Patologiya, oʻlka P. si, paleo-patologiya, shuningdek, kimyoviy va fizikkimyoviy, professional, molekulyar va b. Plar bor. Eksperimental Patologiya odamlar (xayvonlar) da uchraydigan kasalliklarni tajriba hayvonlarida sunʼiy yoʻl bilan paydo qilib, uning avj olish mexanizmlarini, qiyosiy Patologiya odam va hayvonlarda uchraydigan kasalliklarning kechishi va rivojlanishidagi xususiyatlarni qiyoslab oʻrganadi. Klinik Patologiya aʼzo va sistemalarning funksional holatini aniklash maqsadida bemorni tekshiradi, shuningdek, kliniklab., biokimyoviy va b. tekshiruvlar oʻtkazadi; oʻlka Patologiyasi kasallikni turar joyning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq holda oʻrganadi; i. ch. dagi zararli taʼsir etuvchi omillarni oʻrga-nadigan kasb P. si ham bor.

19-a. ning oʻrtalarida nemis olimi R. Virxov asos solgan sellyulyar Patologiya (hujayra P. si) nazariyasiga koʻra, kasallik hujayra va aʼzolarning tuzilishidagi oʻzgarishlar oqibatidir. Bu kasallik mohiyatini oʻrganishda oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq.

Oʻzbekistonda Patologiya sohadagi i. tlar dastlab 20-a. ning 20-y. larida boshlandi. Bunda oʻlka Patologiya siga oid muhim vazifalar ishlab chiqiddi. Patologiyaga oid masalalar 2-ToshTIda 1998-y. dan chop etiladigan «Patologiya» jur. da yoritib boriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x