PANKREATIT

PANKREATIT (yun. pankreas — meʼda osti bezi) — meʼda osti bezining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Pankreatit alkogolizm, yolchitib ovqatlanmaslik yoki meʼyoridan ortiqovqat yeyish, shuningdek, oʻt toshi kasalligi natijasida paydo boʻladi. Pankreatitga meʼda osti bezi tomirlarining zararlanishi yoki unga tromblar tiqilib qolishi, infeksion kasalliklar, shikastlanishlar va qorin boʻshligʻidagi turli yalligʻlanishlar sabab boʻladi. Oʻtkir Pankreatitda meʼda osti bezi shishadi; bezning yalligʻlangan qismi iriydi yoki toʻqimalari nobud boʻladi. Kasallikning klinik belgilari, kechishi va oqibat meʼda osti bezi zararlangan qismining kattaligi va ogʻir-yengilligiga bogʻliq. Oʻtkir Pankreatitning ogʻir shaklida qorinning yuqrri qismi qattiq ogʻriydi va ogʻriq orqaga tarqaladi; bemorning koʻngli aynib, qusadi, yel kelmaydi, ogʻriq zoʻrligidan hushdan ketib qoladi, shok, kollaps holatlari ham kuzatiladi. Oʻtkir Pankreatitga xos alomatlar paydo boʻlganda zudlik bilan tez tib-biy yordamni chaqirish, bemorni yotqi-zib qoʻyish lozim.

Surunkali Pankreatit xuddi oʻtkir Pankreatit gaoʻxshash paydo boʻladi. Koʻpincha oʻtkir Pankreatit oʻz vaqtida davolanmasa, kasallik surunkali tuye oladi. Bunda qorin sohasi (asosan, yuqorisi) sanchib ogʻriydi va ogʻriq chap tomonga tarqaladi, bemorning koʻngli aynib qusadi, ishtahasi yoʻqoladi, ichi ketadi, axlati xuddi loyga oʻxshash boʻladi. Lab. tekshiruvlariga asoslanib, xu-susan, meʼda osti bezi fermenti (amilaza)ni qon va siydiqda aniklab diagnoz qoʻyiladi. Surunkali Pankreatit qoʻzigan davrda uni faqat vrach davolaydi. Kasallik xurujlari orasidagi davrda parhezga qatʼiy rioya qilish talab etiladi; uglevodli va yogʻli ovqatlardan oʻzni tiyish, koʻproq oqsilga boy ovqatlar yeyish va vrach koʻrsatmasi boʻyicha fermentlar qabul qilish mumkin.

Pankreatitning oldini olishda eng muhimi unga sabab boʻladigan omillarni bartaraf etishdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x