PES

PES, vitiligo — terida yarachaqasiz oq dogʻlar paydo boʻlishi (pigment yoʻqolishi). Nerv va endokrin kasalliklari alomati boʻlishi mumkin. Pes paydo boʻlishida irsiy omillarning xam roli bor. Bunda terining turli joylari (koʻpincha yuz, boʻyin, qoʻl)ga oq dogʻ tushadi. Dogʻlar dumaloq yoki ovalsimon boʻlib, atrofidagi sogʻ teridan aniq ajralib turadi. Pes dogʻlari asta-sekin kattalashib, bir-biri bilan qoʻshilishi, har xil shaklga kirishi va terining talaygina qismini egallab olishi mumkin. Dogʻ tushgan joydagi soch va tuklar ham oqarib chiqadi. Kasallik boshlanishini koʻpincha bemor sezmaydi. Asta-sekin teri oqaradi, baʼzan birdan oqarish hollari ham uchraydi. Oq dogʻ tushishidan oldin teri qichishishi va bir oz kepaklanishi ham mumkin. Dogʻ tushgan joyda terining sezish xususiyati yoʻqolmaydi. Pes yuqumli emas, u kishi husnini buzadi xolos. Bunday kishilardan hazar qilish yaramaydi. Zamonaviy dori-darmonlar Pesni davolashda yaxshi naf bermoqda, ular ichida Puvaterapiya alohida oʻrinni egallaydi. Vitaminlar (V, V6, V|2, S va b.) bilan davolash maqsadga muvofiq. Oftobda uzoq vaqt yurish, qorayish va b. dan saqlanish lozim, chunki qoraygan terida Pes dogʻlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x