AMMON

AMMON — Iordaniya poytaxti. Mamlakatning shim.-gʻarbida, Zarqa vodiysida joylashgan. Aholisi 1,6 mln. kishi (1998). Savdo, sanoat va madaniyat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, sement, toʻqimachilik, tamaki, koʻn-teri, oziq-ovqat (meva va sabzavot konservalash, sut z-dlari, qandolatchilik f-kasi) sanoati korxonalari bor. Turizm rivojlangan. Unt, arxeologiya va islom muzeylari bor. Shahar qadimda … Читать далее

AMIRLIK

AMIRLIK — islom mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mulk, viloyat. Arab xalifaligi davrida bunday mulk boshligʻi xalifa tomonidan tayinlangan yoxud tasdiqlangan. Xalifalik parchalangach hamda 20-a. gacha ham mustaqil, ham vassal mulklar Amirlik deb atalgan (mas, Arabiston ya. o. dagi Najd, Shammor, Asir, hoz. Birlashgan Arab amirliklari va b.). Muayyan davlat birlashmasining Amirlik deb atalishi shartli boʻlib, … Читать далее

AMIR TEMUR JOME MASJIDI

AMIR TEMUR JOME MASJIDI — Oʻrta Osiyo meʼmorchilik sanʼatining yetuk namunasi. Samarqanddagi meʼmoriy inshoot (1399—1404). Amir Temur Hindistonni zabt etish sharafiga qurdirgan. Xalq orasida Amir Temurning xotini Bibixonim nomi bilan mashhur (q. Bibixonim jome masjidi).

AMINOMOY KISLOTA

AMINOMOY KISLOTA — tarkibida karboksil va aminoguruh boʻlgan organik kislota. Aminomoy kislota yuqori t-ralarda suyuqlanuvchan kristall modda. Suvda yaxshi eriydi, spirtda erimaydi. a – va r-A. k. optik faoldir. a-va u – A. k. hayvonot va oʻsimlik toʻqimalarida keng tarqalgan. R-A. K. organizmlarda uchramaydi.

AMIN AHMAD ROZIY

AMIN AHMAD ROZIY (16 – a.) — tarixchi va adib. Hindistonda Akbarshoh (1542—1605) zamonida yashagan, unga atab «Haft iqlim» («Yetti iqlim», 1593—94) nomli kitob yozgan. Ushbu asarda Sharq olimlari odatiga bino-an Amin Ahmad Roziy dunyoni yetti iqlimga boʻlib, har qaysi ikdim, yirik shahar va qishloqlar haqida tarixiy va geografik maʼlumot hamda shu iqlimdan yetishib chiqqan … Читать далее

AMERITSIY

AMERITSIY (Americium), Am — sunʼiy yoʻl bilan olingan radioaktiv kimyoviy element, aktinoidlarga kiradi; tartib raqami 95. Barqaror izotoplari yoʻq. Plutoniy (239Ri) ni neytronlar bilan nurlantirib, sintez qilingan (1944-y. oxiri — 1945-y. boshlarida). Lantanoidlar qatorida lantandan keyin 6-oʻrinda turadigan element yevropiy deb atalganidek, aktinoidlar qatorida aktiniydan keyin 6-oʻrinda turadigan Ameritsiyga ham «Amerika» soʻzidan olinib, Ameritsiy nomi … Читать далее

AMERIKA DAVLATLARI TARAQQIYOT BANKI

AMERIKA DAVLATLARI TARAQQIYOT BANKI (Inter American Development Bank) — Lotin Amerikasi mamlakatlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalash uchun xizmat qiladigan davlatlararo mintaqaviy bank, Amerika Davlatlari Tashkilotining mintaqaviy muassasasi. 1959-y. da tashkil etilgan. Boshqaruvi Vashingtonda. Bankning rahbar organi — 5 yilga saylanadigan boshqaruvchilar Kengashi. Joriy rahbarlikni direktorat olib boradi. 44 davlat aʼzo (25 tasi Lotin Amerikasi davlatlari, 19 … Читать далее

AMBON

AMBON — Indoneziyadagi shahar va port. Molukka o. laridagi Ambon o. da joylashgan. Maluku provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 206 ming kishi (1990). Baliq ovlanadi va qayta ishlanadi. Un-t bor. Okeanologiya intining i. t. markazi joylashgan.

AMALIY AGROELEKTRONIKA

AMALIY AGROELEKTRONIKA — fan va texnikaning maxsus elektron qurilmalar, tizimlar va elektron hisoblash texnikasini yaratish, ularni q. x. ishlab chiqarishida qoʻllash bilan shugʻullanadigan yoʻnalishi. Asosiy vazifalari: tuproqning fizik-kimyoviy va mexanik koʻrsatkichlarini kuzatuvchi mikroelektron qurilmalarni turli maqsadlarga moʻljallangan yangi mikroelektron texnikani yaratish va ulardan dehqonchilikda foydalanish; aerokosmik usullardan q. x. da foydalanish; dehqonchilik mahsulotlarining sifatini oshirishga … Читать далее

ALYASKA TIZMASI

ALYASKA TIZMASI — Alyaska jandagi togʻ tizmasi. Uz. 1000 km, eng baland choʻqqisi Mak-Kinli (6193 m). Oʻq qismi granitlardan, chekkalari choʻkindi jinslardan tashkil topgan. Yon bagʻirlari tik, qoyali, kuchli parchalangan. Alyaska tizmasi Tinch okeandan keladigan nam shamollarni tutib qoladi. Jan. yon bagʻirlari namgarchil, 800 m balandlikkacha qora qaragʻay oʻrmonlari, undan yuqorisi qor va muzlar bilan … Читать далее