AMIN AHMAD ROZIY

AMIN AHMAD ROZIY (16 – a.) — tarixchi va adib. Hindistonda Akbarshoh (1542—1605) zamonida yashagan, unga atab «Haft iqlim» («Yetti iqlim», 1593—94) nomli kitob yozgan. Ushbu asarda Sharq olimlari odatiga bino-an Amin Ahmad Roziy dunyoni yetti iqlimga boʻlib, har qaysi ikdim, yirik shahar va qishloqlar haqida tarixiy va geografik maʼlumot hamda shu iqlimdan yetishib chiqqan yirik olimlar, shoirlar va mashhur kishilar haqida maʼlumot bergan. «Haft iqlim» Sharq tarixi va madaniyatini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Asarning bir qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x