AMERIKA DAVLATLARI TARAQQIYOT BANKI

AMERIKA DAVLATLARI TARAQQIYOT BANKI (Inter American Development Bank) — Lotin Amerikasi mamlakatlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalash uchun xizmat qiladigan davlatlararo mintaqaviy bank, Amerika Davlatlari Tashkilotining mintaqaviy muassasasi. 1959-y. da tashkil etilgan. Boshqaruvi Vashingtonda. Bankning rahbar organi — 5 yilga saylanadigan boshqaruvchilar Kengashi. Joriy rahbarlikni direktorat olib boradi. 44 davlat aʼzo (25 tasi Lotin Amerikasi davlatlari, 19 tasi boshqa mintaqalardan, jumladan Yevropadan 14, Osiyodan 2 mamlakat). Aʼzo davlatlarning badallari miqdori turlicha. Dastlab bankning Ustav kapitali 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida belgilangan, 1972-y. da 10 mlrd. dollarga yetdi. Ovozlarning 34,5% AQSHga tegishli. Bank kredit resurelarini asosan xalqaro kapital bozorlaridan safarbar etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x