ALYASKA TIZMASI

ALYASKA TIZMASIAlyaska jandagi togʻ tizmasi. Uz. 1000 km, eng baland choʻqqisi Mak-Kinli (6193 m). Oʻq qismi granitlardan, chekkalari choʻkindi jinslardan tashkil topgan. Yon bagʻirlari tik, qoyali, kuchli parchalangan. Alyaska tizmasi Tinch okeandan keladigan nam shamollarni tutib qoladi. Jan. yon bagʻirlari namgarchil, 800 m balandlikkacha qora qaragʻay oʻrmonlari, undan yuqorisi qor va muzlar bilan qoplangan. Shim. yon bagʻirlari qurgʻoqchil, 1000 — 1100 m gacha oʻrmon, undan balandda togʻ tundralari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x