AMMON

AMMONIordaniya poytaxti. Mamlakatning shim.-gʻarbida, Zarqa vodiysida joylashgan. Aholisi 1,6 mln. kishi (1998). Savdo, sanoat va madaniyat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, sement, toʻqimachilik, tamaki, koʻn-teri, oziq-ovqat (meva va sabzavot konservalash, sut z-dlari, qandolatchilik f-kasi) sanoati korxonalari bor. Turizm rivojlangan. Unt, arxeologiya va islom muzeylari bor. Shahar qadimda RabotAmmon nomi bilan mashhur boʻlgan, yunonlar va rimliklar hukmronligi davrida Filadelfiya deb atalgan. 7 — 9-a. larda Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. 10-a. da xalifalik parchalangach, Misr va Suriyadagi turli davlatlar tasarrufida boʻlgan. 1516— 1918-y. larda Turkiya sultonligi tarkibida. 1921-y. da Transiordaniya amirligi tuzilgach, uning poytaxti, 1946-y. dan mustaqil Hoshimiylar podsholigining poytaxti. Shaharda mil. boshlariga oid teatr, ibodatxona binolari xarobalari, arablar davrida qurilgan qalʼa, 19-a. da bunyod etilgan saroylar, Al-Husayn masjidi (1924) va b. saqlangan. Hoz. Ammonda 3—4 qavatli zamonaviy binolar qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x