ANALOG-RAQAMLI HISOBLASH MASHINASI

ANALOG-RAQAMLI HISOBLASH MASHINASI — analog va raqamlihisoblash mashinalarining qismlari (bloklari)dan tashkil topgan qurilma. Mashina oʻzgaruvchilari raqamli va analog (uzluksiz) koʻrinishda ifodalanadi. Analog va raqamli EHMlarning kamchiliklarini bartaraf etish, ularning afzalliklarini birlashtirish maqsadida oʻtkazilgan izlanishlar natijasida bitta hisoblash tizimi — gibrid hisoblash mashinasi yaratilgan. Bu kompleksning raqamli qismi — raqamli elektron hisoblash mashinasi (REHM) asosida quriladi. … Читать далее

ANALGEZIYA

ANALGEZIYA (yun. analgesia — hissizlik) — 1) mutlaqo ogʻriq sezmaslik. Periferik nervlar, orqa yoki bosh miyaning baʼzi kasalliklarida kuzatiladi. Tuygʻu, harorat kabi sezgilarning buzilishi bilan birga roʻy beradi;

ANABAPTISTLAR

ANABAPTISTLAR (yun. anabaptizo — qayta choʻqintiraman) — 16-a. da Germaniya va Shveysariyada paydo bulgan plebeylar (yuqsillar) harakati tarafdorlari. Anabaptistlar cherkov erkin bulishi, uning ishlariga davlat aralashmasligi va kishi esini tanigandan keyin choʻqintirilishi lozim degan talabni olga suradi. Anabaptistlar «yaqinda qiyomat boshlanib, hammayoq agʻdar-tuntar boʻladi», deb ishonar, sud, xukumatga itoat etishni, harbiy xizmatni rad qilardilar. Germaniyadagi … Читать далее

AMFIBOLLAR

AMFIBOLLAR — togʻ jinslari hosil qiladigan silikatlar sinfiga mansub minerallar guruhi. Magniy, temir, kalsiy, baʼzan alyuminiy va ishqorlarning kremniy-kislorodli birikmasi. Umumiy formulasi. Monoklin va ahyon-ahyonda rombik singoniyali. Amfibollar ichki tuzilishi, fizik xususiyatlari va hosil boʻlish sharoitlari bilan boshqa silikatlardan farq qiladi. Amfibollar siyenitlar, dioritlar, gabbro-amfibolitlar, amfibolli slaneslar va b. tarkibiga kiradi. Amfibollar kimyoviy tarkibi jihatidan … Читать далее

AMUDARYO HARBIY FLOTI

AMUDARYO HARBIY FLOTI — LIYASI — 1) Zakaspiy harbiy t. y. qurilishini Chorjoʻy va Samarqand sh. larigacha olib borish, rus harbiy garnizonlari taʼminoti hamda qurilish materiallari tashish uchun 1888-y. da Amudaryoda tashkil etilgan flotiliya. Bazasi Chorjoʻyda boʻlgan. 20 – a. boshlarida flotiliya 9 paroxod, kater (bugʻ bilan yuruvchi) va barjalardan iborat edi;

AMPUTATSIYA

AMPUTATSIYA (lot. amputatio — kes-moq) — qoʻl-oyoqning periferik qismini yoki biror aʼzoni, mas, sut bezi, toʻgʻri ichak, bachadonni batamom yoki qisman kesib tashlash operatsiyasi, gangrena, ogʻir shikastlanish va b. hollarda qoʻllaniladi. Qoʻl-oyoq yoki uning bir qismini boʻgʻimdan ajratib olib kesib tashlash ekzartikulyatsiya deb ataladi. Amputatsiya qad. dan maʼlum. Hoz. zamon tibbiyoti jarohatning yiringlanib yalligʻlanishiga yoʻl … Читать далее

AMPER QOIDASI

AMPER QOIDASI, chap qoʻl qoidasi — magnit maydoniga kiritilgan oʻtkazgichdan tok oʻtganda unga taʼsir etuvchi mexanik kuch yoʻnalishini aniqlaydigan qoida. Agar chap qoʻlni magnit maydon kuchlanganligi kaftga tomon yoʻnaladigan qilib, ochilgan toʻrt barmoqni tok yoʻnalishi boʻyicha tutilsa, u holda bosh barmoq oʻtkazgichga taʼsir etuvchi kuch yoʻnalishini koʻrsatadi.

AMNISTIYA

AMNISTIYA (yun. amnestia — kechirish, gunohidan oʻtish; amnistiya) — oliy davlat hokimiyati organining xususiy akti, ayrim shaxslarni jinoiy jazodan ozod qilish, jinoyat ishini bekor etish yoki jazoni yengillatish toʻgʻrisidagi qarori. Amnistiya jinoyat va b. huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni jazodan toʻla yoki qisman ozod etish, tayinlangan jazo turini yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisida insonparvarlikni namoyish qiluvchi farmoyishdir. … Читать далее

AMPLUA

AMPLUA (frans. emploi — foydalanish) — aktyor imkoniyatlariga mos tushadigan rollar turkumi. Maʼlum rollarga ixtisoslashish barcha mamlakat teatrlari taraqqiyoti tarixida uchraydi. Ampluada ishlash, ayniqsa, Sharq teatriga xos. 17-a. oxiriga kelib yapon teatri (Kabuki)da Ampluaning 8 guruhi tarkib topdi. Hind teatrida esa Ampluaning 12 gu-ruhi maydonga keldi. Maʼlum davrgacha Amplua ijobiy rol oʻynagan. Ammo, keyinchalik Amplua … Читать далее

AMNION

AMNION (yun. atshop) , qogʻonoq — kjsak umurtqalilar (sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) murtak pardalaridan biri. Amnionning boʻlishi yoki boʻlmasligiga qarab umurtqalilar 2 guruhga: amniotlar (yuksak umurtqalilar) va anamniyalar (tuban umurtqalilar)ga boʻlinadi. Amnion bir qancha umurtqasizlar (hasharotlar, chayonlar, nemertinlar)da ham boʻladi.