ALYUMINIY QOTISHMALARI

ALYUMINIY QOTISHMALARI — asosiy qismi alyuminiydan iborat qotishmalar. Alyuminiy qotishmalari alyuminiyga Si, Si, Mg, Zn, Mn, Ni, Fe, Ti va b. element larni alohida-alohida yoki maʼlum kombinatsiyada qoʻshib suyuqlantirish yoʻli bilan tayyorlanadi. Alyuminiy qotishmalariga legirlovchi elementlar sifatida Ni, Cr, Sa va b., qotishma xossalarini yaxshilaydigan elementlar sifatida esa oz miqdorda Na, Be, Ti, Ce, Nb … Читать далее

ALFA-SPEKTROMETRLAR

ALFA-SPEKTROMETRLAR — radioaktiv yadrolar chiqarayotgan alfa (a)-zarralar energiyasini oʻlchaydigan asbob. Ishlash tarzi a-zarralarning magnitik tahliliga (magnit A.-s.) yoki ularning ionlovchi taʼsirlarini tadqiq qilishga (ionlash kamerasi) asoslangan. a-zarralarning energetik spektri (nafis strukturasi)ni oʻrganish yadro fizikasida katta ahamiyatga ega. Spektrlar yadroning energetik sathlari toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Odatda, mahsul yadroning energetik sathlari bir-biriga yaqin boʻladi. Mac, Ra226 yadrosining … Читать далее

ALP MINTAQASI

ALP MINTAQASI — togʻlardagi tabiiy balandlik mintaqasi, asosan moʻtadil va subtropik kengliklarda, aksari togʻ-oʻtloq landshaft tipidan iborat. Subalp mintaqasidan yuqorida joylashgan togʻlarning balandroq qismida A.m. nival mintaqasi bilan almashinadi. Alp mintaqasining balandlik holati geografik kenglik, namlik darajasi va yon bagʻirlarining ekspozitsiyasi bilan bogʻliq. Alp togʻlari va Gʻarbiy Kavkazda Alp mintaqasi 2000 m dan 3000 m … Читать далее

ALDEBARAN

ALDEBARAN — Savr yulduz turkumining 0,8-kattalikdagi yulduzi (a si), rangi qizil. Giadlar yulduz toʻdasining bosh yulduzi hisoblanadi; Quyoshga nisbatan 150-marta yorqinroq. Bizdan uzoqligi 67 yorugʻlik yiliga teng. Kuzda va qishda koʻrinadi.

ALBINIZM

ALBINIZM (lot. albus — oq) — odam va hayvonlar terisi va koʻzining rangdor pardasida pigmentning (yuksak oʻsimliklar tanasi yoki organlarining bir qismida yashil rangning) boʻlmasligi. Albinizm — irsiy belgi boʻlib, pigment (melanin, xlorofill) sinteziga toʻsqinlik qiluvchi retsessiv genning gomozigot holatga oʻtishi yoki xloroplastlarda sodir boʻladigan irsiy oʻzgarishlar (q. Sitoplazmatik irsiyat) bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Rangini … Читать далее

ALOQA TRAKTI

ALOQA TRAKTI — ikki punkt orasida aloqa oʻrnatishda ishlatiladigan aloqa vositalari (aloqa liniyasi, styalar, apparatlar va b.). Axborotlarning maxsus uzatish kanallarini tuzish uchun moʻljallangan chastotalar polosasi, axborotlarni uzatish tezligi va b. bilan ifodalanadi. Chastotalar polosasi boʻyicha birlamchi (60—180 kGs li), ikkilamchi (312—552 kGs li) guruh kanallari va b. traktiga; axborotlarni uzatish tezligi boʻyicha past 50—300 … Читать далее

ALMASHUVCHAN OʻZARO TAʼSIR

ALMASHUVCHAN OʻZARO TAʼSIR — ayniy zarralarning bir-biriga alohida taʼsir koʻrsatishi. Almashuvchan oʻzaro taʼsir zarralarning diskret xarakteristikalari (zaryadi, spini, massasi) va toʻlqin funksiyasiga bogʻliq. Koʻpchilik hodisalar (mas, gomeopolyar bogʻlanish hosil boʻlishi, kristallarda zonalar hosil boʻlishi va h. k.)ga Almashuvchan oʻzaro taʼsir sabab boʻladi. Ayniy zarralar tizimida ular oʻrnining juft-juft boʻlib almashinishidan yuzaga keladigan simmetriyani aks ettiruvchi … Читать далее

ALLOXTON

ALLOXTON (yun. allos — boshqa va chthon — yer) — togʻ jinslari majmuasining paydo boʻlgan joylaridan maʼlum geologik jarayonlar sababli yangi oʻringa — avtoxton jinslar ustiga qiyalik va koʻpincha toʻlqinsimon yuza boʻylab siljishi (koʻchishi) va qaytadan yotqizilishi. Sirt boʻylab siljish bir necha km dan 100 km gacha boʻlishi mumkin. Alloxton tektonik qoplamalar hosil qiladi. Alloxton … Читать далее

ALLIGATORLAR

ALLIGATORLAR (Alligator) — timsohlar turkumining bir urugʻi. Ikki turi: Missisipi va Xitoy A. bor. Missisipi Alligatorlar yoki choʻrtan A. (A. missisipiensis) Shim. Amerikaning janubi-sharqida tarqalgan, boʻyi 4,6 m ga yaqin, oldingi oyoq barmoqlari orasida suzgich pardasi bor. Xitoy A. (A. sinensis) Yanszi daryosining quyi oqimida tarqalgan, boʻyi 2,5 m ga yaqin. Alligatorlarning asosiy ozigʻi baliq, … Читать далее