AMERITSIY

AMERITSIY (Americium), Am — sunʼiy yoʻl bilan olingan radioaktiv kimyoviy element, aktinoidlarga kiradi; tartib raqami 95. Barqaror izotoplari yoʻq. Plutoniy (239Ri) ni neytronlar bilan nurlantirib, sintez qilingan (1944-y. oxiri — 1945-y. boshlarida). Lantanoidlar qatorida lantandan keyin 6-oʻrinda turadigan element yevropiy deb atalganidek, aktinoidlar qatorida aktiniydan keyin 6-oʻrinda turadigan Ameritsiyga ham «Amerika» soʻzidan olinib, Ameritsiy nomi berilgan. Massasining soni 237 dan 246 gacha boʻlgan izotoplari maʼlum, ular a-nurlanuvchilardir. Eng uzoq, yashaydigan izotoplaridan 241Ap1 va 243At (yarim parchalanish davri Tʻ=2 — 7370-y.) oʻzidan a-nurlar chiqarib turadi (a-nurlanish u-nurlanish ishtirokida boradi). Elementar A. – kumush rang metall, suyuklanish t-rasi 995°, qaynash t-rasi 2607°. A va uning qattiq birikmalari oʻzidan a-nurlar chikarib turadigan boʻlgani uchun qorongʻida yogʻdu sochadi. Valentligi birikmalarda 3 dan 6 gacha, eritmalarda koʻpincha 3. Uch valentli Ameritsiy eritmalari pushti rangli boʻladi. Kimyoviy xossalariga koʻra u lantanoidlarga oʻxshash. Kislorod taʼsirida (uning tanqisligida) oksidlanib ameritsiy oksidini AtO, suyultirilgan kislota b-n oʻzaro taʼsirlanib At3Q tuzlarini, gaz holidagi vodorod bilan 50° dayoq reaksiyaga kirishib, digidrid AtN2, trigidridni AtN3 hosil qiladi. Ameritsiy kimyosi ustidagi ishlar uning asosan bir izotopi — «ʻAm dan foydalanib bajarilgan, qolgan izotoplarini ishlatish uchun kifoya qiladigan miqdorda olish qiyin. 241Am berilliy bilan birga neytron manbalari tayyorlash uchun ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x