YORUGʻLIK ABERRATSIYASI

YORUGʻLIK ABERRATSIYASI — astronomik hodisa; yorugʻlik tezligining chekliligi va kuzatuvchining yoritqichga nisbatan Yer bilan birga harakatlanishi tufayli osmon jismlaridan kelayotgan yorugʻlik nuri yoʻnalishining oʻzgarishi. Kuzatuvchidan yoritqichga xayolan oʻtkazilgan urinma va haqiqiy yoʻnalishlar orasidagi burchak aberratsi on burchak a deyiladi. Yoritqichdan kelayotgan nur obyektiv O ga tushib (rayem), s tezlikda okulyar T ga kelgunicha t vaqtda … Читать далее

YORITQICHLARNING TOʻSILISHI

YORITQICHLARNING TOʻSILISHI, Quyosh va Oy tutilishlari — Oy oʻzining Yer atrofidagi harakati davrida uzoq yoritqichlar (yulduzlar) oldidan oʻtib, ularni toʻsishi hodisasi. Koʻpincha, yulduzlar toʻsiladi. Yulduz qanchalik ravshan boʻlmasin, u Oy bilan toʻsilganda Oy chetida toʻsatdan yoʻqoladi (toʻsilishning boshlanishi) va toʻsatdan paydo boʻladi (toʻsilishning oxiri). Sayyoralarning toʻsilish hodisalari ham uchraydi. Yer Oydan tushgan soyaga yoki Oy … Читать далее

YOZUV

YOZUV — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar oʻrtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv — kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom maʼnodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyin paydo boʻlgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, Yozuvning paydo boʻlganiga … Читать далее

YASSAVIY MAJMUASI

YASSAVIY MAJMUASI, Xoja Ahmad Yassaviy meʼmoriy majmuasi — Turkiston (qad. Yassi) shahridagi meʼmoriy yodgorlik (1389—95); Qozogʻiston hududida. Dastlab Xoja Ahmad Yassaviy qabri ustida kichik maqbara qurilgan (12-asr). Keyin Amir Temur tomonidan ulkan mahobatli maqbara majmui bunyod etilgan, bino loyihasini ishlab chiqishda uning oʻzi shaxsan ishtirok etgan. Qurilishga devonning xayriya ishlari boshligʻi Mavlono Ubaydulla Sadr bosh … Читать далее

YEVKLID GEOMETRIYASI

YEVKLID GEOMETRIYASI — mil. av. 3-a. da Yevklid izchil asoslagan geometriya. Parallellik aksiomasiga (toʻgʻri chiziqda yotmagan nuqta orqali shu toʻgʻri chiziq bilan kesishmaydigan faqat bitta toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin, degan aksiomaga) hamda mutlaq geometriya aksiomalari sistemalari deb ataluvchi 5 guruh (bogʻlanish, tartib, harakat, uzluksizlik, parallellikdan iborat) aksiomalarga asoslangan. Yevklid geometriyasi aksiomalar sistemalari nuqta, toʻgʻri chiziq, … Читать далее

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi. Yurakning ishemik kasalligiga, asosan, koronar (toj) tomir arteriyalari aterosklerozi natijasida yurak muskullarida qon aylanishining yetishmay qolishi va shu tufayli yurakning qonga yolchimasligi sabab boʻladi. Yurakning ishemik kasalligiga stenogkardiya (dastlabki, muqim, nomuqim), miokard infarkti, infarktdan keyingi kardioskleroz, aritmik … Читать далее

YoSh TURKLAR

YoSh TURKLAR — 19a. oxiri va 20a. boshlarida Usmonli turk imperiyasidagi inqilobiy harakat qatnashchilari, «Ittihod va taraqqiy» partiyasi aʼzolari. Yosh turklar (ular dastlab oʻzlarini Yangi usmonlilar deb atashgan)ning asosiy maqsadi sulton Abdulhamid II (1842— 1918)ning istibdodini konstitutsion tuzum bilan almashtirish, Turkiyada ajnabiylar hukmronligiga qarshi kurash va demokratik jamiyat qurish boʻlgan. Ziyo Goʻkalp (1876—1924) Yosh turklarning … Читать далее

YEVTIDEM

YEVTIDEM (mil. av. 3-a. 2-yarmi) — Yunon-Baqtriya podsholigi shohi (mil. av. 230-y. dan). Asli Kichik Osiyoning Magnesiya sh. dan. Dastlab (mil. av. taxm. 250-y. dan) salavkiylardan ajrab chiqqan Sugʻd podshosi Diodotni taxtdan agʻdargach (mil. av. 230-y.), YunonBaqtriya podshosi. Mil. av. taxm. 230— 220-y. larda koʻchmanchi saklar, toxarlar, qonqalar tazyiqi ostida Sugʻdni tashlab Baqtrata koʻchib oʻtgan. … Читать далее

YOMGʻIRLATISH MASHINALARI VA QURILMALARI

YOMGʻIRLATISH MASHINALARI VA QURILMALARI — q. x. ekinlarini sunʼiy (yomgʻirlatib) sugʻorish agregatlari. Yomgʻirlatish mashinalari dalada traktorlarga oʻrnatib ishlatiladi yoki gidravlik yuritmali oʻz tayanchlarida harakatlanadi. Yomgʻirlatish qurilmalari yomgʻirlatish mashinalaridan mustaqil harakat qila olmasligi (muqimligi) bilan farq qiladi. Asosiy ish organlari purkagich (uchlik) va yomgʻirlatish apparatlaridan iborat (rasmga q.). Bosim kuchi va suv sarfiga koʻra, Yomgʻirlatish mashinalari … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее