YEVTIDEM

YEVTIDEM (mil. av. 3-a. 2-yarmi) — Yunon-Baqtriya podsholigi shohi (mil. av. 230-y. dan). Asli Kichik Osiyoning Magnesiya sh. dan. Dastlab (mil. av. taxm. 250-y. dan) salavkiylardan ajrab chiqqan Sugʻd podshosi Diodotni taxtdan agʻdargach (mil. av. 230-y.), YunonBaqtriya podshosi. Mil. av. taxm. 230— 220-y. larda koʻchmanchi saklar, toxarlar, qonqalar tazyiqi ostida Sugʻdni tashlab Baqtrata koʻchib oʻtgan. Sugʻd mil. av. 206-y. dan soʻng koʻchmanchilar taʼsiriga oʻtgan. Mil. av. 208-y. salavkiylar podshosi Antiox III Turon satrapliklarini qaytarib olishga harakat qilgan. U Ox (Tajan) daryosi etaklarida, Margʻiyona hududida Yevtidem suvoriylarini tor-mor keltirib, Zariaspa sh. (hoz. Balx) ni qamal qilgan. Tarixchi Polibiyning xabar berishicha, bu «tarixiy qamal» 2 yil davom etgan. Yevtidem koʻchmanchilarni yordamga chaqiraman deb poʻpisa qilgandan keyingina Antiox, qamalni boʻshatgan. Mil. av. 206-y. da tuzilgan sulhga koʻra, Antiox III Ye. ning shoxligini tan olgan. Yunon-Baqtriya podsholigining eng kuchaygan davri Yevtidem va uning oʻgʻli Demetriy I hukmronligi davriga toʻgʻri kelgan. Yevtidem ellinistik tipdagi tangalarni Sugʻdda zarb ettirgan dastlabki podshoh edi. Oʻrta Osiyo hududidan Yevtidemning Sugʻd, Baqtriyada zarb etgan tangalari koʻplab topilgan.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x