YEVKLID GEOMETRIYASI

YEVKLID GEOMETRIYASI — mil. av. 3-a. da Yevklid izchil asoslagan geometriya. Parallellik aksiomasiga (toʻgʻri chiziqda yotmagan nuqta orqali shu toʻgʻri chiziq bilan kesishmaydigan faqat bitta toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin, degan aksiomaga) hamda mutlaq geometriya aksiomalari sistemalari deb ataluvchi 5 guruh (bogʻlanish, tartib, harakat, uzluksizlik, parallellikdan iborat) aksiomalarga asoslangan. Yevklid geometriyasi aksiomalar sistemalari nuqta, toʻgʻri chiziq, tekislik, harakat va nuqta, toʻgʻri chiziq va tekislik orasidagi munosabatlarga suyanadi. Yevklid geometriyasi birinchi marta izchil ravishda Yevklid «Negizlari»da bayon etilgan. Yevklid geometriyasidan farkli geometriyami birinchi marta rus geometri N. I. Lobachevskiy yaratdi. Yevklid geometriyasi oʻrta maktabda oʻqitiladi va «elementar geometriya» deb ataladi.

5 3 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x