YORUGʻLIK ABERRATSIYASI

YORUGʻLIK ABERRATSIYASI — astronomik hodisa; yorugʻlik tezligining chekliligi va kuzatuvchining yoritqichga nisbatan Yer bilan birga harakatlanishi tufayli osmon jismlaridan kelayotgan yorugʻlik nuri yoʻnalishining oʻzgarishi. Kuzatuvchidan yoritqichga xayolan oʻtkazilgan urinma va haqiqiy yoʻnalishlar orasidagi burchak aberratsi on burchak a deyiladi. Yoritqichdan kelayotgan nur obyektiv O ga tushib (rayem), s tezlikda okulyar T ga kelgunicha t vaqtda Gʻ masofani oʻtadi. Shu vaqtda Yer oʻz oʻqi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi sababli, kuzatuvchi teleskop bilan birga v tezlikda harakatlanib, D/ masofani oʻtadi. Tasvirni okulyar markazida koʻrish uchun teleskopii harakat yoʻnalishi (apeks) tomonga (a burchakka) burish kerak. Shaklda aberraion burchak o=(206 264,8» ^g )sin6.

Yorugʻlik aberratsiyasi sutkalik, yillik va asriy xillarga boʻlinadi. Sutkalik Yorugʻlik aberratsiyasi Yerning oʻz oʻqi atrofida harakatlanishidan sodir boʻladi. Yillik Yorugʻlik aberratsiyasi Yerning Quyosh atrofida harakatlanishi natijasidir. Asriy Yorugʻlik aberratsiyasi Kuyosh sistemasining fazoda harakatlani aj shidan kelib chiqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x