GIGROSKOPIK SUV

GIGROSKOPIK SUV — togʻ jinslari zarralarining yuzasini oʻrab turuvchi bir molekulali pardasimon suv. Togʻ jinslari zarralari yuzasida molekulyar va elektr kuchlar yordamida ushlanib turib, bir joydan ikkinchi joyga bugʻ holatda harakat qiladi. Togʻ jinslaridagi miqdori foizlarda ifodalanadi. Gigroskopik suv gil, soz tuproqlarda yaxshi ushlanib turadi, qum, qumtosh, shagʻal-toshlarda uncha ushlanmaydi. Пост Навигацияси

BALANUS

BALANUS, dengiz yongʻoqlari (Balanamorpha) — oʻtroq yashovchi moʻylovoyoqli qisqichbaqasimonlar urugʻi. Tanasi kesilgan konusga oʻxshaydi, bir necha boʻlak plastinkasimon ohakli chigʻanoq ichiga joylashgan. Chigʻanogʻining uz. 20 sm gacha. Uning ostki qismi dengiz tubidagi toshlar, mollyuskalar chigʻanogʻi va har xil hayvonlar tanasiga, jumladan kitlar terisiga yopishib, koʻpincha kemalarning korpusiga koʻplab yopishib olib, harakatini sekinlashtiradi. Chigʻanoqning harakatchan ustki … Читать далее

YORMAT MAXSUM

YORMAT MAXSUM (taxm. 1882 — 1929) — Fargʻona vodiysida mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurashgan istiqlolchilarning soʻnggi bosh qoʻmondoni (1923—29). Ulamo oilasida tugʻilib, yoshligida mukammal diniy tarbiya olgan. Yormat maxsum 1920-y. dan boshlab qizil armiyaga qarshi janglarda qatnashib, mohir qoʻrboshi sifatida nom chiqardi. KoʻproqOʻsh uyezdida Olay vohasida harakat qilgan. 1923-y. 17-iyulda Oltiariqdagi … Читать далее

YELKANLI CHANA

YELKANLI CHANA — muz va qor ustida yelkan yordamida shamol kuchi bilan harakatga keladigan chana. Soatiga oʻrtacha 100 km tezlikda harakat qiladi. Yelkanli chana transport vositasi sifatida va sport musobaqalarida qoʻllaniladi. Asosan, shimolda ishlatiladi. Пост Навигацияси

YEVKLID NEGIZLARI

YEVKLID «NEGIZLARI» — Yevklidning asosiy matematik asari. 13 kitobdan iborat boʻlgan. Yevkliddan keyin Gipsikl (mil. av. 2-a.) va miletlik Isidor (mil. av. 6-a.) Ye. «N.» ga XIV va XV kitoblarni qoʻshganlar; shuning uchun asar 15 kitobdan iborat ham deyiladi. Asarda Yevklid davrigacha boʻlgan yunon mat. si bayon etiladi. Yevklid negizlari «N.»da geom. deduktiv asosda, yaʼni … Читать далее

YARIMOʻTKAZGICHLAR

YARIMOʻTKAZGICHLAR — elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi moddalar (oʻtkazgichlar, asosan, metallar) va elektr tokini amalda oʻtkazmaydigan moddalar (dielektriklar) orasidagi oraliq vaziyatni egallaydigan moddalar. Mendeleyev davriy sistemasida II, III, IV, V va VI guruhlarda joylashgan koʻpchilik elementlar. ularning bir qator birikmalari Yarimoʻtkazgichlar jumlasiga kiradi. Yarimoʻtkazgichlarda ham metallardagi kabi elektr oʻtkazuvchanlik elektronlarning harakati tufayli yuzaga keladi. Biroq elektronlarning … Читать далее

YANGI ZELANDIYA

YANGI ZELANDIYA — Tinch okeanning jan. gʻarbiy qismidagi davlat. Mayd. 268,7 ming km2. Aholisi 3,994 mln. kishi (2004). Poytaxti — Vellington shahri Maʼmuriy jihatdan 10 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yangi Zelandiya — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi parlamentar monarxiya. Buyuk Britaniya parlamenti va asosan, Yangi Zelandiya parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlariga amal … Читать далее

YER

YER — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. … Читать далее

YAYLOV YOʻLI

«YAYLOV YOʻLI», «Oltin yoʻli» — Xitoydan Mongoliya, Oltoy va Qozogʻiston yaylovlari orqali oʻtib Janubiy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga boradigan qadimiy savdo yoʻlining nomi. Keyingi paytlarda ushbu yoʻl ham Buyuk ipak yoʻli deb atalmoqda. Yoʻlning «oltin yoʻli» deb atalishi uning qadim zamondagi Oltin togʻ, yaʼni Oltoy togʻ etaklarida joylashgan yaylovlardan oʻtganligi bilan bogʻliqdir. Hun imperiyasi, … Читать далее

YoSHLIK KOʻNGILLI SPORT JAMIYATI

«YoSHLIK» KOʻNGILLI SPORT JAMIYATI — OʻzRdagi umumtaʼlim maktab va b. oʻquv muassasalarining koʻngilli sport jamiyati. OʻzR xalq taʼlimi vazirligi huzurida tuzilgan (1998-y. 21 apr.). Maktab oʻquvchilari oʻrtasida sport ishlarini keng yoʻlga qoʻyish va sportni ommalashtirishga daʼvat etilgan. «Yo». k. s. j. har oʻquv yilida «Umid nihollari» oʻyinlarini oʻtkazadi. Bu oʻyinlar kuzgi taʼtilda maktab va tuman, … Читать далее