VAYGACH

VAYGACH — Shim. Muz. okeanidagi orol, Barens va Kara dengizlari orasida. Vaygachni materikdan torgina Yugorskiy Shar boʻgʻozi, Novaya Zemlya o. dan esa keng Kara Darvozasi boʻgʻozi ajratib turadi. Maʼmuriy jihatdan RF Arxangelsk viloyati Neneslar muxtor okrugiga qaraydi. Mayd. 3,4 ming km2, uz. 100 km, eni 45 km. Iqlimi sovuq. Tundra oʻsimliklari oʻsadi. Qutb tulkisi, oq … Читать далее

VETERINARIYA

VETERINARIYA, veterinariya tibbiyoti, baytariya (lot. veterinarius — hayvonlarni parvarish qiluvchi, hayvonlarni davolovchi) — hayvonlar kasalliklarini oʻrganuvchi fanlar majmui hamda hayvonlar kasalliklarining oldini olish va ularni yoʻqotish, aholini odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar tizimi. Veterinariya shartli ravishda 3 guruhga ajratiladigan fanlarni oʻz ichiga oladi: veterinariya – biologiya fanlari — hayvonlarning … Читать далее

VEGETATIV NERV SISTEMASI

VEGETATIV NERV SISTEMASI (lot. vegetatio — oʻsish, rivojlanish, qoʻzgʻalish) — odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; V. n. s. ning tolalari barcha ichki aʼzolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi. Ammo Vegetativ nerv sistemasi animal (skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi boshqaruvida faoliyat … Читать далее

VOLFART PASHSHASI

VOLFART PASHSHASI (Wohlfartia magnifl ca) — taxin pashshalar oilasiga kiradigan hasharot. Tanasi och kulrang, ustida qora dogʻlari bor, uz. 9 — 13 mm. Jan. Yevropa, Shim. Afrika, Markaziy Osiyoda tarqalgan. Qanot chiqargani oʻtloqlar va yaylovlardagi oʻsimliklar gulida koʻp uchraydi. Volfart pashshasi urchish vaktida hayvonlar yashaydigan joylarga kelib, yetilgan (uz. 1 mm cha) lichinkalarini (120—160 tadan) … Читать далее

VIBRION

VIBRION (Vibrio) – Vibrionaceae oilasiga mansub urugʻ; spora hosil qilmaydigan vergulsimon bakteriyalar. Uz. 0,5—1,5, yugʻonligi 0,3—0,6 mkm. Xivchinlari bir yoki bir nechta hujayraning bir qutbida joylashadi. Vibrion uchun polimorfizm xos. Suvda, tuprokda, odam va hayvonlar ichagida yashaydi. Vibrion patogen va saprofit buladi. 100 dan ortiq turi maʼlum. Mac, Vibrio cholera! asiaticae odamlarda vabo kasalligini qoʻzgʻatadi. … Читать далее

VAMPIRLAR

VAMPIRLAR, arvoh shapalaklar, desmodsimonlar (Desmodontidae) — koʻrshapalaklar oilasi. Vampirlarni baʼzan barg burunlilar oilasiga kenja oila sifatida kiritiladi. Tanasining uz. 6,5—9 sm. Yuqori jagʻidagi kurak tishlari yirik va oʻtkir; qoziq tishlari yaxshi rivojlangan; keyingi (oziq) tishlari mayda, qisman reduksiyaga uchragan. Ichagi kalta, oshqozoni choʻziluvchan boʻlib, birdaniga koʻp miqdordagi oziqni saqlashta moslashgan. Vampirlar urugʻi Jan. va Markaziy … Читать далее

BOREALATLANTIKA OBLASTI

BOREALATLANTIKA OBLASTI — Dunyo okeani zoogeografiya oblastlaridan biri. Arktikaning jan. va Atlantika okeanining shim. qismini egallagan. Borealatlantika Oblastining Arktika oblasti b-n chegarasi shim. da Nyufaundlendning sharqiy sohillaridan Islandiyagacha, undan Barens dengizining Markaziy qismigacha boradi. Jan. da Borealatlantika Oblastining shartli chegarasi Delaver koʻrfazidan Ispaniyaning shim. qirgʻoqlarigacha boʻlgan chiziq boʻylab oʻtadi. Bu oblast fizikgeografik xususiyatlariga binoan BorealPatsifik … Читать далее

VISSERAL

VISSERAL (lot. viscera — ichki) — anatomiyaga oid termin. Odam yoki hay-vonlarning ichki aʼzolariga tegishli ekanligini bildiradi. Mas., V. muskullar — ichki muskullar; V. skelet — umurtqali hayvonlar va odamlarda ogiz boʻshligʻi hamda ichakning oldingi qismida joylashgan skelet elementlar. Пост Навигацияси

BIOMASSA

BIOMASSA (bio… va massa) — bir turga mansub individlar, turlar guruxlari yoki jamoasining uzi yashab turgan muhit yuzasi (1 m2, 1 sm2 va h. k.) yoki hajmi birligi (1 m3, 1 sm3 va h. k.) ga toʻgʻri keladigan umumiy massasi. Biomassa koʻpincha hoʻl yoki quruq modda massasi g/M2, kg/ga, g/m3 va b. da ifodalanadi. Oʻsimliklar … Читать далее

GIBBERELLINLAR

GIBBERELLINLAR — oʻsimliklarning oʻsish jarayonlarini boshqaruvchi tabiiy moddalar (fitogormonlar guruhi). Yapon olimi Ye. Kurosava 1926-y. da kashf etgan. Kimyoviy tabiatiga koʻra tarkibida 19 yoki 20 ta uglerod atomi tutgan tetratsiklik mono-, di – va tri-karbon kislotalardir. 70 ga yaqin Gibberellinlar maʼlum. Ular GA, GA va sh. k. belgilanadi. Gibberellinlar oz miqsorda yuksak oʻsimliklar tarkibida koʻp … Читать далее