VIBRION

VIBRION (Vibrio) – Vibrionaceae oilasiga mansub urugʻ; spora hosil qilmaydigan vergulsimon bakteriyalar. Uz. 0,5—1,5, yugʻonligi 0,3—0,6 mkm. Xivchinlari bir yoki bir nechta hujayraning bir qutbida joylashadi. Vibrion uchun polimorfizm xos. Suvda, tuprokda, odam va hayvonlar ichagida yashaydi. Vibrion patogen va saprofit buladi. 100 dan ortiq turi maʼlum. Mac, Vibrio cholera! asiaticae odamlarda vabo kasalligini qoʻzgʻatadi. Bu V. ni birinchi marta nemis olimi R. Kox 1883-y. da Misrdagi vabo epidemiyasi vaqtida bemorlarning axlati va nobud boʻlganlarning ichagini tekshirishda aniqpagan. Mikrobiolog N. F. Gamaleya kasallikdan ulgan tovuq va kaptarlarda odamda kasallik qoʻzgʻatish xususiyati boʻlmagan Vibrionni aniqlagan. Bundan tashqari, sellyulozani yemiruvchi, faqat hayvonlar yoki qushlarni, hasharot va baliqlarni kasallantiruvchi Vibrion ham uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x