GIBBERELLINLAR

GIBBERELLINLAR — oʻsimliklarning oʻsish jarayonlarini boshqaruvchi tabiiy moddalar (fitogormonlar guruhi). Yapon olimi Ye. Kurosava 1926-y. da kashf etgan. Kimyoviy tabiatiga koʻra tarkibida 19 yoki 20 ta uglerod atomi tutgan tetratsiklik mono-, di – va tri-karbon kislotalardir. 70 ga yaqin Gibberellinlar maʼlum. Ular GA, GA va sh. k. belgilanadi. Gibberellinlar oz miqsorda yuksak oʻsimliklar tarkibida koʻp tarqalgan. Gibberellinlarni zamburugʻlar, koʻpgina bakteriyalar, suvoʻtlar ham sintez qiladi. Odatda, oʻsimlik toʻqimalarida uning 1 kg ogʻirligiga nisbatan 0,01 dan 1,4 mg gacha Gibberellinlar boʻladi. Eng faol Gibberellinlardan biri – gibberellin kislota bir necha mamlakatlarda mikrobiologiya sanoatida ishlab chiqariladi. Gibberellinlar hujayralarning boʻlinishi va kengayishi hisobiga oʻsimlik organlari oʻsishini tezlashtiradi, nuklein kislotalar va oqsillar sintezini faollashtiradi, gullashni tezlashtiradi, barg va mevalarning qarishini sekinlashtiradi. Urugʻlik, tuganaklar, piyozchalarning tinim davrini qisqartiradi. K-Xda urugʻsiz uzum navlari hosildorligini, zigʻir va kanop tolasi uzunligini oshirish, urug, tuganak va ildizpoyalar unib chiqishini tezlashtirish maqsadlarida qoʻllaniladi. Mac, uzumning Qora kishmish naviga guldan tushgandan keyin, gʻoʻralari moshdek boʻlganda 50—100 mg/l konsentratsiyali Gibberellinlar eritmasi bilan ishlov berilganda (uzum boshi eritmaga botirib olinadi yoki tokzorlarga purkaladi) hosildorlik 25—50% ortadi. Odam va hayvonlar uchun zararsiz.

Abdukarim Zikiryoyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x