BOQI MUHAMMAD

BOQI MUHAMMAD (71605) Buxoro xoni (1601—05). Ashsharxoniylardan. Jonibek sultonning oʻgʻli. Shayboniylar sulolasining soʻnggi vakili Pirmuhammadxon (1598—1601) Boqi Muhammadni alohida xizmatlari uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan (1599). Shunday boʻlsada, Boqi Muhammad tez orada oʻz mavqeini mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga itoat etmay koʻygan va hatto unga qarshi urushga hozirlik koʻra boshlagan. 1601-y. iyunda Pirmuhammadxon Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamol … Читать далее

BOTMON

BOTMON, mann (arab.) — ogʻirlik oʻlchov birligi. Yaqin va Oʻrta Sharqmamlakatlari (Arabiston, Misr, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Hindiston) da, shuningdek Oʻrta Osiyoda koʻllanib kelingan. Shariatga koʻra, Botmon (manni sharʼiy) asosan 0,832 kg ni tashkil kilgan, lekin turli mamlakatlar va turli davrlarda uning mezoni har xil boʻlgan. Oʻrta Osiyoda ham Botmonning vazni oʻzgarib turgan. Maye, 19-a. … Читать далее

BIHISHTI

BIHISHTI, Behishti— oʻrtapishar vinobop uzum navi. Vatani—Urta Osiyo. Sharqiy navlar ekologikgeografik guruhiga kiradi. Oʻzbekistonda r-nlashtirilgan. Tupining oʻsishi oʻrtacha, bargi toʻgarak yoki tuxumsimon, uch boʻlakchali. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (boʻyi 20—30 sm, eni 8 — 12 sm), silindrkonussimon, ogʻirligi 200— 250 g. Gʻujumi dumaloq, sargʻishyashil yoki och qahrabo rangda, sershira, xushtaʼm, poʻsti qalinroq, yupqa … Читать далее

VOZEH

VOZEH (taxallusi; asl ismi Qori Rahmatullo Bin Ashur Muhammad) (1817/18-1893/94, Buxoro) – oʻzbek shoiri, adabiyotshunos, xattot, geograf. Buxoro madrasalaridan birida oʻqigan (1844-y. gacha). 1853—56 y. larda Karmana hokimi xizmatida boʻldi. Saroy muhiti b-n kelisholmay, Buxoroga qaytadi va umrining oxirigacha faqirona hayot kechiradi. Vozeh oʻzbek, tojik va arab tillarida, turli janrlarda ijod qilgan. Sheʼrlari turli bayoz … Читать далее

VOBKENT

VOBKENT (oʻgʻuz shevasidagi «vob» yoki «vahobkent» — «boʻz, qoʻriqaagi qishloq» maʼnosida) — Buxoro viloyatidagi shahar (1981-y. dan). Vobkent tumaninint maʼmuriy markazi. Vobkent — koʻhna shaharlardan biri. Oʻrta asrlarda Vobkent atrofida bir necha qishloq-qoʻrgʻonlar boʻlgan. Vobkentning gʻarbida joylashgan Narshax qishlogʻi shulardan biri. 10-a. da yashagan tarixchi olim Narshaxiy shu qishloqda tavallud topgan. Narshax qishlogʻi Muqanna qoʻzgʻoloni … Читать далее

VALANJIN YARUSI

VALANJIN YARUSI (Shveysariyadagi Nevshatel sh. yaqinidagi Valanjen qasri nomidan) — quyi boʻr sistemasi (davri) pastdan ikkinchi yarusi. 1853-y. da Dezor (Desor) alohida yarus qilib ajratgan. Dastlab aniqlangan joyida dengiz tipratikani, leletsipoda va ammonitli ohaktoshlardan tashkil topgan. Valanjin yarusi jinslari Ukrainada hamda Alp, Karpat toglari va Kavkazda bor. V. ya. qizgʻish ohaktoshli jinslari Oʻzbekiston (Hisor togʻlari)da … Читать далее

VERMONT

VERMONT — AQSHning shim.sharqidagi shtat. Mayd. 24,9 ming km2. Aholisi 575 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Montpilyer sh. Hududining koʻp qismi togʻli (eng baland joyi 1338 m). Yirik daryosi — Konnektikut. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —9°, iyulniki 19°. Yiliga 750 — 1000 mm yogʻin yogʻadi. Vermont — Yangi Angliyaning iqtisodiy jihatdan … Читать далее

VALI MUHAMMAD

VALI MUHAMMAD (? – 1611.27.8) — Buxoro xoni (1605—11), ashtarxoniylardan. Akasi Boqi Muhammad davrida Balx noibi (1599—1605). Boqi Muhammad vafotidan soʻng Buxoro taxtiga oʻtqazilgan. Vali Muhammaddan soʻng Balx hokimi boʻlgan Nadr Muhammadxon boshliq mahalliy amaldorlar Imomqulixonni Buxoro taxtiga oʻtqazish uchun Vali Muhammadga qarshi fitna uyushtirganlar. 1611-y. bahorida V. M. Imomquli va Nadr Muhammadxonlar bilan boʻlgan … Читать далее

VRACH

VRACH (rus.) — oliy maʼlumotli tibbiyot xodimi; ogʻzaki nutqda «doktor» (lot.) V. maʼnosini anglatadi (mahalliy talaffuzda «doʻxtir» deyiladi). Vrach faoliyati bemorlarni davolash va kasalliklarning oldini olish choralarini koʻrishdan iborat. Vrach shifokor burchi haqidagi tushunchani ham oʻz ichiga oladigan vrachlik etikasi (q. Tibbiyot deontologiyasi)t& amal qiladi. Birinchi shoshilinch tibbiy yordam berish — V. burchlaridan biridir. Vrachlar … Читать далее

BOBURIYLAR DAVLATI

BOBURIYLAR DAVLATI — Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat (15261858). 1517-y. dan boshlab Dehli sultonligitsa ichki nizolar avj olib, sultonlik inqiroega yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dexlida Ibrohim Loʻdiy, Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib 1519 va 1524-y. lari Kobuldan Panjobga yurish qildi va katta oʻljalar olib … Читать далее