VRACH

VRACH (rus.) — oliy maʼlumotli tibbiyot xodimi; ogʻzaki nutqda «doktor» (lot.) V. maʼnosini anglatadi (mahalliy talaffuzda «doʻxtir» deyiladi). Vrach faoliyati bemorlarni davolash va kasalliklarning oldini olish choralarini koʻrishdan iborat. Vrach shifokor burchi haqidagi tushunchani ham oʻz ichiga oladigan vrachlik etikasi (q. Tibbiyot deontologiyasi)t& amal qiladi. Birinchi shoshilinch tibbiy yordam berish — V. burchlaridan biridir. Vrachlar bir nechta mutaxassisliklarga ajratiladi: bakalavr, umumamaliyot shifokori, magistr, sogʻliqni saqlash tashkilotchilari, terapevtlar (ichki kasalliklar boʻyicha), pediatrlar (bolalar kasalliklari boʻyicha), neonatologlar (yangi tugʻilgan chaqaloqlarga qaraydigan), jarroxlar, sanitariya V. lari, akusher-ginekologlar (ayollar kasalliklari boʻyicha), nevropatologlar (nerv kasalliklari boʻyicha), psixiatrlar (ruhiy kasalliklar boʻyicha), dermatovenerologlar (teri va tanosil kasalliklari boʻyicha), stomatologlar (tish va ogʻiz boʻshligʻi kasalliklari boʻyicha), otorinolaringologlar (quloq, tomoq va burun kasalliklari boʻyicha), ortopedtravmatologlar (tugʻma va orttirilgan shikastliklar boʻyicha), onkologlar (oʻsma kasalliklari boʻyicha), gematologlar (qon kasalliklari boʻyicha), transfuziologlar (qon xizmati boʻyicha), urologlar (siydik ajratish tizimi kasalliklari boʻyicha), infeksionistlar (yuqumli kasalliklar boʻyicha) va h. k. V. ning asosiy vazifasi inson sogʻligʻini saqlashdir; bu Oʻzbekiston vrachining qasamyodida bayon etilgan. Oʻzbekistonda 1 – va 2-Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro tibbiyot in-tlari, Toshkent tibbiyot pediatriya in-ti hamda Urganch, Nukus, Fargʻona untlarining tibbiyot f-tlari Vrachlar yetkazib beradi. Vrachlarni ixtisoslashtirish va malakasini oshirish maqsadida ular maxsus in-t (Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va b.) va chet ellarga yuborib turiladi. Amaliy faoliyati va mehnat stajiga koʻra oliy, birinchi va ikkinchi toifali Vrachlar boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x