BOTMON

BOTMON, mann (arab.) — ogʻirlik oʻlchov birligi. Yaqin va Oʻrta Sharqmamlakatlari (Arabiston, Misr, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Hindiston) da, shuningdek Oʻrta Osiyoda koʻllanib kelingan. Shariatga koʻra, Botmon (manni sharʼiy) asosan 0,832 kg ni tashkil kilgan, lekin turli mamlakatlar va turli davrlarda uning mezoni har xil boʻlgan. Oʻrta Osiyoda ham Botmonning vazni oʻzgarib turgan. Maye, 19-a. da Xorazmda Botmon 20,16 kg dan 40,95 kg gacha, Buxoro va Samarqandda asosan 8 pud (131,044 kg), Fargʻonada 8—10 pud (131,044— 163,805 kg) boʻlgan. Bu oʻlchov paxta va mevalarni ulchaщda qoʻllanilgan. 1884-y. maʼlumotlariga koʻra, Qoʻqonda 1 B. 10 pudga, yaʼni 163,805 kg ga tent boʻlib, donlarni ulchaщda qoʻllanilgan. Toshkent va Chimkentda 1 B. 10,5 pud (171,995 kg) boʻlgan. Oʻrta Osiyoning kup joylarida Botmon yer sathini oʻlchash birligi sifatida ham qoʻllanilib, 1 B. yer deganda 1 B. don ekiladigan maydon tushunilgan. Maye, Samarqandda 1 B. (8 pud) bugʻdoy 1,63881 ga yerga sepilganligi sababli, shunday kattalikdagi yer bir Botmon deb atalgan. Hoz. vaktda Botmon taxm. bir gektarga teng sath oʻlchov birligi x^soblanadi. Baʼzi Sharq mamlakatlarida Bdan ogʻirlik oʻlchov birligi sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x