DIALEKTIZMLAR

DIALEKTIZMLAR (dialekt) – adabiy tildati dialektlarning oʻziga xos hududiy unsurlari. Dialektizmlarlar tilshunoslikning barcha sohalari (fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis va b.)ga taallukli. Badiiy ijodda Dialektizmlarlar narsa, voqea va hodisaga mahalliy tuye berish maqsadida qoʻllanadi, bundan tashqari personaj nutqini individuallashtirish uchun foydalaniladi. Biroq, bunday qoʻllash tufayli Dialektizmlarlar adabiy tilga oid boʻlib qolmaydi. Dialektizmlarlarni qoʻllash uslublararo ham cheklangan. Badiiy uslubda ancha keng, publitsis-tik uslubda qisman qullangani holda ilmiy, rasmiy uslublarda deyarli uch-ramaydi. Baʼzi soʻzlar adabiy til va dialektda qullangani holda boshqa dialektda boshqa maʼnoni ifodalaydi. Mas, «shoti», «tovoq» Fargʻona til shevalarida «narvon», «lagan»ni bildirsa, adabiy tilda «arava shotisi» «kosaga uxshash idish»ni anglatadi. Xorazm shevasiga xos «gʻoʻch» soʻzi — «mard», «botir», «nishatamiz» — «nima qilamiz» degan maʼnoni bildiradi. Dialektizmlar lardan oʻrinli foydalanish badiiy ijodning, umuman nutqning badiiyligini, uslubning fazilati, taʼsir-chanligini oshiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x