BAKUNIN Mixail Aleksandrovich

BAKUNIN Mixail Aleksandrovich (1814.18.5, Tver gubernyasi — 1876.19.6, Bern) — inqilobchi, anarxizm nazariyotchilaridan biri. 1848 — 49 y. lardagi Yevropa (Parij, Drezden, Praga) inqilobiy harakatlarining ishtirokchisi. 1849-y. mayida Bakuninni Drezden qoʻzgʻoloni rahbarlaridan biri sifatida Saksoniya va Avstriya hukumatlari oʻlimga, soʻng umrbod qamoqqa hukm qildi. Keyinroq Bakunin Rossiya hukumati qoʻliga topshirilgach, Nikolay I buyrugʻi bilan Sibirga … Читать далее

VISHNEVSKIY Aleksandr Aleksandrovich

VISHNEVSKIY Aleksandr Aleksandrovich (1906—1975) — jarroh, Tibbiyot FA akad. (1957), Rossiya (1956) va Oʻzbekistonda (1963) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tibbiyot xizmati generalpolkovnigi (1963), tibbiyot fanlari d-ri (1936), prof. (1939). 1948-y. dan Tibbiyot FA Jarrohlik in-tining direktori. Ayni vaqtda 1956-y. dan Armiya bosh jarrohi. Mitral stenoz boʻlgan yurakni jahonda birinchi boʻlib operatsiya qilgan (1953); sunʼiy qon … Читать далее

VOSITACHILIK

VOSITACHILIK (diplomatiyada) — ikki yoki bir necha davlatlar oʻrtasida muzokaralar olib borilishini yoʻlga qoʻyish va muzokaralar jarayonida ishtirok etib, ular muvaffaqiyatini taʼminlovchi vositalardan biri. Vositachilik vazifasini, odatda, nufuzli davlatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bajaradilar. Mashʼum «sovuq urush» tugallanib, Sharq b-n Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlarda muxolifliqdan muloqotlarga oʻtilishi sharoitida mahalliy mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun Vositachilikdan … Читать далее

BRNO

BRNO — Chexiyadagi shahar, Jan. Moraviya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 398 ming kishidan ziyod (1990ylar urtalari). Transport yoʻllari tuguni. Brnoda, asosan, mashinasozlik sanoati rivojlangan. B. Chexiyaning yirik ilmiy va madaniy markazlaridan. Chexiya FA filiali, unt, muzeylar (sanʼat, Moraviya muzeyi) va b. bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan Shpilberk kasri (13 — 18-a. lar), Gotika cherkovi, Eski ratusha … Читать далее

BOQCHASAROY

BOQCHASAROY — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar. Churuksuv soyining (Kacha daryosining irmogʻi) xushmanzara sohilida joylashgan. Simferopol — Sevastopol katta yoʻli (shossesi) yonida. T. y. stapsiyasi. Aholisi 26,8 ming kishi (1999). Boqchasaroyda efir moylari, vino i. ch., meva sharbatlari, konserva, sut, z-dlari, maishiy xizmat k-ti bor. B. ga asos solingan yili nomaʼlum. Shahar 1502-y. dan tilga olinadi. … Читать далее

VOLTER

VOLTER (Voltaire) 1taxallusi; asl nomi Mari Fransua Arue (Arouet) j (1694. 21.11 – Parij – 1778. 30. 5) – fransuzʻ yozuvchisi, faylasuf, tarixchi. Fransiya FA (1746), Rossiya FA faxriy (1746) aʼzosi. Erkin fikrlilikda ayblanib qamalgan (1717, 1725). Birinchi fojia asari «Edip» qamoqda yozilgan; sahnalashtirilgan (1718). 1726 yda Angliyaga surgun qilingan. Umrining koʻp qismi muhojirlikda kechgan … Читать далее

VOYEVODA

VOYEVODA (rus.) — 1) qushin boshligʻi, slavyan xalqlarida hukmdor. Rusda 10-a. dan maʼlum. Rossiya davlatida — polk, otryad (15-a. oxiri — 18-a. boshi), shahar (16-a. oʻrtasi — 1775) va viloyat (1719—75) boshligʻi. 2) (Voyevodlik) — Polshadagi asosiy maʼmuriyhududiy birlik. Пост Навигацияси

VELIKOROSSIYA

VELIKOROSSIYA — 19-a.-20-a. boshlarida Rossiya Yevropa qismining rasmiy nomi; 17-a. oʻrtalarigacha Rus davlati tarkibiga kirgan, unda rus axolisi koʻpchilikni tashkil qilgan (ilgari Velikaya Rossiya deb atalgan). 30 gubernyani oʻz ichiga olgan. Пост Навигацияси

BUXORIY

BUXORIY Nosir (14-a. boshlari, Buxoro — 1378, Tabriz) — shoir. Xorijiy Sharq mamlakatlariga sayohat qilgan. Asarlarida vatanparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan, insoniy muhabbatni kuylagan. Gʻazallarida Saʼdiy, Umar Xayyom, Ibn Yaminlarning taʼsiri seziladi. Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ushshuaro» (1486), Abdurahmon Jomiyning B«ahoriston» (1487), Alisher Navoiyning «Mahbub ulqulub» (1501), Amin Axmad Roziyning «Haft iqlim» (1593) asarlarida Buxoriy ijodi yuqori … Читать далее

VULKANLAR

VULKANLAR, vulqonlar (Vulkan nomidan) — Yer poʻstidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bugʻlari va jins boʻlaklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulkanlar markazida asosiy vulkan kanali joylashgan boʻlib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma oʻchogʻi) magma va b. vulkan jinslari shu kanal orqali koʻta-riladi. Vulkanlar kanalining yuqori qismi Vulkanlar boʻgʻzi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb … Читать далее