VOLTER

VOLTER (Voltaire) 1taxallusi; asl nomi Mari Fransua Arue (Arouet) j (1694. 21.11 – Parij – 1778. 30. 5) – fransuzʻ yozuvchisi, faylasuf, tarixchi. Fransiya FA (1746), Rossiya FA faxriy (1746) aʼzosi. Erkin fikrlilikda ayblanib qamalgan (1717, 1725). Birinchi fojia asari «Edip» qamoqda yozilgan; sahnalashtirilgan (1718). 1726 yda Angliyaga surgun qilingan. Umrining koʻp qismi muhojirlikda kechgan (1726 — 78). Didro boshchiligidagi «Ensiklopediya»ni nashr etishda faol ishtirok etgan (1751-78).

Volter oʻz estetik qarashlari va dramatik asarlarida klassitsizm anʼanasi yoʻlidan borgan, cherkov mutaassibligiga qarshi kurashgan («Zaira», 1732; «Alzira», 1736). Fransuz ijtimoiy va davlat tuzumini oʻzgartirish gʻoyasini ilgari surgan. U hokimiyatni ozodlik, tenglik va birodarlik qonunlariga qatʼiy amal qiluvchi odil gyudshoh boshqarishini orzu qilgan. Uningcha, konstitutsiyali monarxiya eng oqilona davlat tuzumidir.

Volter falsafada deist (q. Deizm) J. Lokk, I. Nyutonning nazariyalari tarafdori. U moddiy dunyo mavjudligini, jamiyat taraqqiyotini tan olsa-da, «uni harakatga keltiruvchi kuch» — Xudo, deb bilgan («Falsafiy maktublar», 1733; «Metafizika toʻgʻrisidagi risola», 1734; «Nyuton falsafasining asoslari», 1738 va b.).

Volter lirikasi Epikur falsafasi ruhida («Lisabon halokati haqida doston», 1756 va b.). Dostonlarida teskarichi guruhlar, absolyutizm tizimi tanqid qilingan («Genriada», 1728; «Orlean qizi», 1735 va b.). Falsafiy qissalari («Zadig», 1748; «Kandid», 1759; «Soddadil», 1767 v b.)da hamma narsa yaxshi deya daʼvo qiluvchi mutlaq ishonchni ham, hamma narsa yomon deguvchi mutlaq tushkunlikni ham rad etadi, qirol saroyi, sud maʼmuriyati va harbiy amaldorlarni fosh qiladi. Dostonlarida Sharq mavzuidan keng foydalandi. Volter Amir Temur va Ulugʻbek davri tarixini yaxshi bilgan. Ulugʻbekning «Ziji Koʻragoniy», D. Yerbeloning «Sharq kutubxonasi» qomusi, Klavixoning «1403 — 1406-yillarda Samarqanddagi Temur saroyiga sayohat kundaligi» (1582) kabi asarlar bilan tanishgan. Tarixiy mavzudagi «Millatlarning holatlari va odatlari haqida» (1753—58) kitobida yer yuzidagi qator davlatlar, monarx hukmdorlar haqida maʼlumot beradi. Asarning 3-jiddi Amir Temur va temuriylar xukmdorligiga bagʻishlangan. Bunda Amir Temurning oʻz davlatini kengaytirish yoʻlida olib borgan yurishlari, turk sultoni Boyazid b-n qilgan jangi, Oʻrta Osiyoda yuritgan siyosati, Samarqandning poytaxt boʻlgani xususida xikoya qiladi. V. Ulugʻbek haqida, uning podsholigi, Samarqandda ilmu maʼrifatni taraqqiy ettirib, fan rivojiga katta hissa qoʻshganini hurmat b-n taʼkidlab «Ulugʻbekning buyukligi, uning qilgan ishlari bilan belgilanadi. U Samarqandda birinchi Fanlar akademiyasini yaratdi, yer kurrasini oʻrgandi, koinot va yulduzlarni kashf etib mashhur jadval tuzdi…», deb yozadi. Volter ijodi fransuz inqilobini (1783—94) gʻoyaviy tayyorlashda, umuman jahon ijtimoiyfalsafiy tafakkurida muhim oʻrin tutadi. Asarlari jahon xalqlari tillariga, xususan oʻzbek tiliga («Zagid yoki takdir», 1995) tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x