BUXORIY

BUXORIY Nosir (14-a. boshlari, Buxoro — 1378, Tabriz) — shoir. Xorijiy Sharq mamlakatlariga sayohat qilgan. Asarlarida vatanparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan, insoniy muhabbatni kuylagan. Gʻazallarida Saʼdiy, Umar Xayyom, Ibn Yaminlarning taʼsiri seziladi. Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ushshuaro» (1486), Abdurahmon Jomiyning B«ahoriston» (1487), Alisher Navoiyning «Mahbub ulqulub» (1501), Amin Axmad Roziyning «Haft iqlim» (1593) asarlarida Buxoriy ijodi yuqori baholangan. 1454-y. da Mahmud kotib tomonidan koʻchirilgan devoni bor. Devondan mashhur kishilarga atalgan qasidalar, hayitlar munosabati bilan yozilgan gʻazallar va qitalar joy olgan boʻlib, jami 7 ming baytni tashkil etadi. Buxoriy qoʻlyozmalari Tojikiston Sharqshunoslik in-ti (inv. № 8847), Rossiya FA Sharqshunoslik in-ti SanktPeterburg boʻlimi (inv. № 1642) hamda Tehron untida (inv. № 2418) saqlanadi.

Ad.: Abdullayev I., Nosir Buxoriy, T., 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x