QUBCHUR

QUBCHUR — uy hayvonlari uchun olingan soliq turi. 1235-y. Oʻqtoy qoon tomonidan joriy qilingan. Qubchurga binoan 100 bosh jonivordan biri saltanatga soliq tarzida topshirilgan. Kimning uy hayvonlari soni yuzdan kam boʻlsa, u Q. ga tortilmagan. Dastlab Q, asosan, chorvadorlarga nisbatan qoʻllangan. Keyinchalik u oʻtroq aholidan ham undi-rilgan. Kichik Osiyoda q. faqat chorvachilik bilan mashgʻul aholi … Читать далее

QRIM

QRIM, Qrim Muxtor Respublikasi — Ukraina tarkibidagi muxtor respublika. Qrim ya. o. da joylashgan. Mayd. 27 ming km2. Aholisi 2205,6 ming kishi (1996). Poytaxti — Simferopol sh. Maʼmuriy jihatdan 15 r-n, 10 shahar, 56 shaharchaga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Qrim — muxtor respublika. Respublika rahbari — Oliy Kengash raisi, ijroiya hokimiyat boshligʻi — hukumat. Tabiati toʻgʻrisida … Читать далее

KAMOL XOʻJANDIY

KAMOL XOʻJANDIY (taxallusi; ismi Kamoliddin Masʼud, 1321, Xoʻjand — 1401, Tabriz) — fors-tojik shoiri. Toshkent, Turkiston, Samarqandda maʼlum muddat yashab, tahsil koʻrgan. Moʻgʻul istilosi tufayli oʻz vatanini tark etgan. Xorazm, Sheroz arab mamlakatlariga borgan, Makkada boʻlgan. Qaytishda Tabrizda yashab qolgan. 1385-y. da Oltin Oʻrda hukmdori Toʻxtamish Tabrizni bosib olgach, Kamol xoʻjandiy. ni Saroy sh. ga … Читать далее

QRIM XONLIGI

QRIM XONLIGI — Oltin Oʻrda davlatidan ajralib chiqqan va Qrim ya. o. da joylashgan turkiy davlat (1443— 1783). Qrim xonligiga Davlat Hoji Garay asos solgan. U oʻzaro urushlardan soʻng badavlat tabaqalar va Buyuk Litva knyazligi yordamida mustaqil tatar davlatini barpo etgan (1443). Poytaxti — Eski Qrim sh. 16-a. boshlaridan to 1736-y. gacha Bokchasaroy. Bu davlatga … Читать далее

QOZON XONLIGI

QOZON XONLIGI — Oltin Oʻrda inqirozidan soʻng Oʻrta Volga boʻyi — Volga-Kama Bulgʻoriyasi hududida tashkil topgan davlat (1438—1552). Qozon xonlari sulolasiga Ulugʻ Muhammad (1438— 45) asos solgan. Markazi — Qozon sh. Q. x. aholisi Qozon tatarlari (Volga bulgʻorlarining avlodlari), mari, chuvash, udmurd, mordva va boshqirdlardan iborat boʻlgan. Ular, asosan, dehqonchilik bilan shugʻullangan. Shaharlarida hunarmandchilik rivojlangan. … Читать далее

QRIMTATAR TILI

QRIMTATAR TILI — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til. Asosan, Oʻzbekiston va Ukrainaning bir qator hududlarida, qisman Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Gru-ziya, Ozarbayjon, Ruminiya va turkiyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 800 ming kishiga yaqin (1990-y. lar oxiri). Qrimtatar tili tarixan tipologik jihatdan bir tekis rivojlanmagan. Unda 3 ta: shim. (dasht), oʻrta va jan. lahjalar mavjud boʻlib, … Читать далее

QADIMGI TURKIY TILLAR

QADIMGI TURKIY TILLAR — turli turkiy xalqlar yozma yodgorliklarida saqlangan, lekin hoz. kunda aloqaaralashuv vazifasini yoʻqotgan tillarni bildiruvchi shartli atama. Bu tillar amal qilgan vaqt chegarasi ancha katta davrni qamrab oladi. Qadimgi turkiy tillarning eng qadimiysi urxunenisey (turkrunik) yodgorliklari tili boʻlib, uning adabiy varianti 7—9-asrlarga toʻgʻri keladi. Runik bitiklar Sharqda Lena daryosidan Gʻarbda Dunay daryosigacha … Читать далее

BULGʻOR

BULGʻOR — Volga-Kama Bulgʻoriyasi poytaxti. Xarobalari Tatariston Respublikasining Bulgʻor (Bulgʻorlar) qishlogʻi yaqinida saqlanib qolgan. Bulgʻorda arxeologik qazish ishlari 1870-y. da boshlangan. 1950—57 y. larda esa A. P. Smirnov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya u yerda keng koʻlamda qazish ishlari olib borgan. Bulgʻor oʻrnidagi eig ilk manzilgoh mil. 1-ming yillikning 2-yarmiga oid. Sharq yozma manbalari (Ibn Fadlon. Ibn … Читать далее

DASHTI QIPCHOQ OʻZBEKLARI

DASHTI QIPCHOQ OʻZBEKLARI — qadimdan Dashti Qipchoqipt sharqiy qismida koʻchib yurgan turkiy-moʻgʻul qabilalari. Arlot, bahrin, burqutyaar, doʻrmon, iyjon, xitoy, qarluqlar, mojor, qipchoq, qiyot, qoʻngʻirot, qurlovut, mangʻit, naymam, nukuz, tangut, uygʻurlar, markit, qoʻshchi, oʻtarchi, jot, chimboy, kenagas, uyshun, tuboyi, toymas, echki, tuman-ming, shodbaxtli, shunqorli va b. qabilalar 13a. oxiri va 14 — 16-a. larda oʻtgan Sharq … Читать далее

DASHTI QIPCHOQ

DASHTI QIPCHOQ, Qipchoq dashti — Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning gʻarbiy yon bagʻridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlarni 11 — 15-a. larga oid arab va fors manbalaridagi nomi. «Dashti Qipchoq» atamasini dastlab Nosir Xisrav (11-a.) qoʻllagan. Bu davrda qipchoqlar Irtish daryosi sohillaridan gʻarbga tomon koʻchib (1030-y.) Xorazmga qoʻshni boʻlishgan va hoz. Qozogʻiston hududi, … Читать далее