QRIMTATAR TILI

QRIMTATAR TILI — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til. Asosan, Oʻzbekiston va Ukrainaning bir qator hududlarida, qisman Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Gru-ziya, Ozarbayjon, Ruminiya va turkiyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 800 ming kishiga yaqin (1990-y. lar oxiri). Qrimtatar tili tarixan tipologik jihatdan bir tekis rivojlanmagan. Unda 3 ta: shim. (dasht), oʻrta va jan. lahjalar mavjud boʻlib, ularning birinchisi noʻgʻay tiliga, uchinchisi oʻgʻuz tillariga yaqin turadi. Lahjaviy farqlar fonetika, morfologiya va leksika sohalarida kuzatiladi. Fonetik xususiyatlari sifatida lab va tanglay ohangdoshligining 2-boʻgʻinga taʼsiri, 2-darajali choʻziq unlilarning mavjudligi, baʼzan soʻz boshidagi va oxiridagi h undoshining tushib qolishi (avabirlik va koʻplik «mening, bizning» shakllarining «menim, bizim» tarzida qoʻllanishi va b. Q. t. ning morfologik belgilaridandir. Leksikasida shu tilning oʻzigagina xos boʻlgan «balaban» (katta), «qoʻranta» (oila) kabi soʻzlar bilan bir qatorda arab, fors, grek, italyan tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham koʻpchilikni tashkil etadi.

20-a. gacha boʻlgan adabiy Qrimtatar tili Oltin Oʻrda turkiy adabiy tilidan kelib chiqqan va unda Qrim xonlarining koʻplab farmon va yorliqlari saqlanib qolgan. Eng qad. yozma yodgorligi 13-a. ga mansub. 19-a. dan adabiy til bir necha marta isloh qilingan va soʻzlashuv tiliga yaqinlashtirilgan. Hoz. adabiy til oʻtgan asrning 20-y. larida oʻrta lahja asosida shakllangan. 1929-y. gacha arab grafikasi, keyinchalik lotin grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanilgan, 1938-y. dan esa rus grafikasiga asoslangan yozuv joriy etilgan.

Ad.: Baskakov N. A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazыkov, 2-izd., M., 1969: Memetov A., Istochniki formirovaniya leksiki kr1mskotatarskogo yazshka. T., 1988.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x