BULGʻOR

BULGʻOR — Volga-Kama Bulgʻoriyasi poytaxti. Xarobalari Tatariston Respublikasining Bulgʻor (Bulgʻorlar) qishlogʻi yaqinida saqlanib qolgan. Bulgʻorda arxeologik qazish ishlari 1870-y. da boshlangan. 1950—57 y. larda esa A. P. Smirnov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya u yerda keng koʻlamda qazish ishlari olib borgan. Bulgʻor oʻrnidagi eig ilk manzilgoh mil. 1-ming yillikning 2-yarmiga oid. Sharq yozma manbalari (Ibn Fadlon. Ibn Havqal, Abulhamid Andalusii, Abu Abdulloh Gʻarnotiy va b. asarlari)da Bulgʻor 10-a. dan tilga olingan boʻlib, uning vujudga kelishi aia shu vaqtga toʻgʻri keladi. 13-a. ning 2-yarmida Bulgʻor Oltin Oʻrdattx eng muhim savdo-sotiq va hunarmandchilik markaziga aylangan. Arxeologik qazishlar vaqtida Bulgʻor xarobasining 13— 14-a. larga doyr qatlamlaridan koʻplab mehnat qurollari, uyroʻzgʻor buyumlari. taqinchoqlar, tangalar, turar joy va hammomlar xarobalari, xumdonlar, choʻyan eritish koʻralari, sizot suv quvurlari hamda Oʻrta Osiyo, Qrim, Zakavkazye, Rus va Xitoydan keltirilgan buyumlar topilgan. Bulgʻor dagi binolarning koʻpchiligi Oʻrta Osiyodan keltirilgan naqshinkor sirlangan sopol plitkalar bilan bezatilganligi aniklangan. 14-a. ga oid minora, bulgʻor xonlari maqbaralari, Cherkov, masjid va bulgʻor xonlarining yozgi qarorgohi xarobalari hozirgacha saqlanib qolgan. Bulgʻor yaqinida bozor (Ogʻabozor) boʻlgan. Bulgʻor 1361-y. Oltin Oʻrda xoni Buloq Temur tomonidan vayron qilingan, 15-a. ga kelib esa unda hayot butunlay toʻxtagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x