JALOYIRIYLAR DAVLATI

JALOYIRIYLAR DAVLATI (1336 — 1411) — Hulokuiylar davlati yemirilgach, Iroq hududida tuzilgan davlat. Unga jaloyirlardan Shayx Hasan Buzurg (1356-y. vafot etgan) asos solgan. Taxt uchun kurashda u chuponiylarni yengib, qokimiyatni egallagan va Bagʻdodni poytaxt qilgan. Jaloyiriylar davlatida hukmronlik qilgan sulola jaloyiriylar deb nomlangan. Jaloyiriylardan Uvays I davrida (1356—74) bu davlat juda yuksalgan. U muzaffariylar, Oltin … Читать далее

QIPCHOQLAR

QIPCHOQLAR (rus manbalarida — poloveslar, Vizantiya manbalarida — kumanlar) — turkiy xalqlarning eng yirik qabilalaridan biri; oʻzbek xalqi etnik tarkibidagi asosiy komponentlardan biri. Qipchoqlar nafaqat oʻzbek xalqi entogenezida, balki qator boshqa turkiy xalqlar — qozoqlar, qirgizlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar, tatarlar, boshqirdlar, oltoyliklar va Shim. Kavkazdagi ayrim xalqlar (noʻgʻoylar, qoʻmiqlar, qorachoylar va b.) shakllanishida muhim rol oʻynagan. … Читать далее

IDIKU

IDIKU ibn Qutlugʻ Qabo (rus solnomalarida — Edigey, Yedigey) (1352 — 1419) — Noʻgʻay Oʻrda xoni (1396-y. dan), Oltin Urdada amiri lashkar (1397-y. dan), uning amaldagi hukmdori (1399 — . 1412). Mangʻit biy (bek)laridan boʻlmish Idiku 1377-y. Oltin Oʻrda xoni Oʻrusxon taʼ-qibidan qochib Amir Temur huzuriga kelgan va uning qoʻshinida amirlik qila boshlagan. 1391-y. Amir … Читать далее

QUTLUGʻ TEMUR MINORASI

QUTLUGʻ TEMUR MINORASI — Koʻhna Urganchshtn meʼmoriy yodgorlik (1321—33); Sulton Takash maqbarasi yaqinida. Oʻrta Sharqdagi eng baland minoralardan (bal. 62 m). Pishiq gʻishtdan qurilgan minora yuqori tomon ingichkalashib boradi; minora mavj usulida terilgan gʻishtli belbogʻlar va kitobalar bilan bezatilgan. Quyi qismida Kutlugʻ Temur va Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonnnnt nomi kufiy yozuvida bitilgan. Jome masjid (saqlanmagan) … Читать далее

BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR

BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR — 15—17-a. oʻrtalari (chet el adabiyotlarida, odatda, faqat 15-a. oʻrtalari — 16-a. oʻrtalari) da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin. Yevropa mamlakatlarida tovar i. ch. ning oʻsishi, javohirlarning yetishmasligi va oltin hamda kumush, ziravorlar va fil suyagini (tropiklarda), qimmatbaho moʻyna, morj tishini (shim. mamlakatlarda) topish maqsadida … Читать далее

QOZOGʻISTON

QOZOGʻISTON (Qazaqstan), Qozogʻiston Respublikasi (Qazaqstan Respublikasы) — Yevrosiyo materigining markaziy qismida joylashgan davlat. Gʻarbda Kaspiy dengizi bilan tutashgan. Mayd. 2724,9 ming km2. Aholisi 15 mln. kishi (2005). Poytaxti — Ostona sh. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat, viloyatlar audan (tuman)larga boʻlinadi. Davlat tuzumi. q. — boshqaruvning prezidentlik shaklidagi unitar davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-y. 30 avg. dagi referendumda … Читать далее

QIPCHOQ TILLARI

QIPCHOQ TILLARI — turkiy til lar oilasining gʻarbiy xun tarmogiga mansub bir qancha oʻlik va jonli tillar guruhi. Qipchoq tillari, oʻz navbatida, 3 guruhchaga boʻlinadi: 1) sof qipchoq guruhchasi — qad. qipchoq (kuman) oʻlik tilini (q. Qipchoq tili) hamda hoz. jonli qaraim, qorachoy-bolqor, qrim-tatar, qoʻmiq tillarini oʻz ichiga oladi; 2) qipchoq-bulgʻor guruhchasi — oʻrta asrlarda … Читать далее

QOZOQLAR

QOZOQLAR — xalq, Qozogʻiston Respublikasining asosiy aholisi (6,54 mln. kishidan ziyod, 1990-y. lar oʻrtalari). Shuningdek, Oʻzbekiston (808 ming kishi), Turkmaniston (87 ming kishi), Qirgʻiziston (37 ming kishi), Tojikiston va RF (635,9 ming kishi)da; XXR (1115 ming kishi, 1990-y. lar oʻrtalari), Mongoliya (125 ming kishi) va b. mamlakatlarda yashaydi. Umumiy soni 9,42 mln. kishi. Qozoq tilida … Читать далее

QUTB XORAZMIY

QUTB XORAZMIY (14-a., Xorazm – ?) — shoir, tarjimon. Hayoti va ijodi haqida maʼlumot beruvchi yagona manba uning «Xusrav va Shirin» dos-tonidir. Qutb Xorazmiyning ijodiy kamolot yillari Xorazmning Oltin Oʻrda davlatiga qaram boʻlgan davriga toʻgʻri keladi. Dostonini Sigʻnoq sh. da yozgan (1330—40). Faqirlikda yashagan Qutb Xorazmiy «Xusrav va Shirin» dek koʻp vaqt va mashaqqatni talab … Читать далее

QUNDUZCHA JANGI

QUNDUZCHA JANGI — Amir Temur qoʻshinlari bilan Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamish qoʻshini oʻrtasida hoz. samara bilan Chistopol shaharlari ora-ligʻida, Volga daryosining sharqiy sohilida joylashgan Qunduzcha (hoz. Kondurcha) mavzeida sodir boʻlgan jang (1391.18.6); oʻrta asrlardagi eng yirik janglardan biri. Sohibqironning Eron, Zakavkazyedagi mavqei ortib borayotganini gʻarazgoʻylik bilan kuzatayotgan Toʻxtamish Amir Temurga qarshi Misr bilan ittifoq tuzishni … Читать далее