KAMOL XOʻJANDIY

KAMOL XOʻJANDIY (taxallusi; ismi Kamoliddin Masʼud, 1321, Xoʻjand — 1401, Tabriz) — fors-tojik shoiri. Toshkent, Turkiston, Samarqandda maʼlum muddat yashab, tahsil koʻrgan. Moʻgʻul istilosi tufayli oʻz vatanini tark etgan. Xorazm, Sheroz arab mamlakatlariga borgan, Makkada boʻlgan. Qaytishda Tabrizda yashab qolgan. 1385-y. da Oltin Oʻrda hukmdori Toʻxtamish Tabrizni bosib olgach, Kamol xoʻjandiy. ni Saroy sh. ga olib ketgan. Kamol xoʻjandiy. 1389-y. da Tabrizga qaytgan. U umr boʻyi vataniga qaytishni orzu qilgan. Sheʼrlarida gʻariblikdan shikoyat, vatanni qumsash motivlari aks etgan, insoniy sevgi ulugʻlangan. U, asosan, gʻazallari bilan shuhrat qozongan. Navoiy K. X. ijodiga yuksak baho berib, uni Saʼdiy, Xusrav Dehlaviy, Salmon Sojaviylar bilan bir qatorga qoʻygan («Nasoyim ul-muhabbat»).

As: Devon, T., 1962.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x