MANZARA

MANZARA, peyzaj — tasviriy sanʼ-o/yaning tabiat koʻrinishini aks ettiradigan janri va shu janrda yaratilgan sanʼat asari. Manzarada shahar koʻrinishi yoki meʼmoriy majmualar (meʼmoriy Manzara), dengiz koʻrinishlari (marina) va h. k. ham tasvirlanadi. Atrof muhitni tasvirlayotgan rassom unda oʻzi va zamondoshlarining tabi-atga munosabatlarini ifoda etadi, shu jihatdan yaratilayotgan asar his-tuygʻu va gʻoyaviy mazmunga ega boʻlib, muhim ahamiyat kasb etadi. Inson tomonidan atrof dunyoni maʼnaviy (qisman amaliy) oʻzlashtirishning turli tomon va darajalarini aks ettirgan Manzara oʻzida katta maʼno tashiydi. Tabiat tasvirlari tabiat, uning qonuniyatlari haqidagi tasavvurlar (olam gumbazi, oy, quyosh, yulduzlar, dunyo mamlakatlarining shartli belgilari) yuzaga kelgan payt (neolit) dan oʻz ifodasini topgan. Qad. Sharq madaniyatida tabi-atni yaxlit holda koʻproq aniq xususi-yatlarga ega boʻla boshlagan hodisalar muhiti degan tasavvur shakllangan. Mil. av. 16—15-a. lar Qad. (SharqBobil, Ossuriya, Misr) devoriy rasmlari va boʻrtma tasvirlaridagi jang, ov va b. lavhalarda Manzaraning ayrim boʻlaklari mavjud. Misr devoriy rasmlari va boʻrtma tasvir (relyef)larida ilk bor bezaklar ritmi orqali hayvonot, oʻsimlik va tabiiy hodisalarning ishonarli taʼsirchan birligiga erishilgan. Yunon sanʼatida, odatda, Manzara tarkibiy qismlarini inson tasviridan ajratib boʻlmaydi. Yevropa oʻrta asrlar sanʼatida Manzara (ayniqsa, shahar va alohida bino koʻrinishlarida), odatda, voqea sodir boʻlayotgan joyning fazoviy qurilishini anikdash vositasi sifatida xizmat qilgan. Musulmon Sharqi mamlakatlarida 13—14-a. lardan kitob miniatyuralarida Manzaraga koʻproq oʻrin berilgan: yashnab turuvchi sof boʻyogʻi va gilamday tekis sathli kom-pozitsiyasi, sehrli bogʻ tasavvurini yaratuvchi tabiati, har bir boʻlak joʻshqin koʻtarinkiligi bilan diqqatga sazovor. Hindiston (ayniqsa, Boburiylar davri miniatyura maktabi asarlarida), Hindixitoy, Indoneziya (afsonaviy va epik mavzudagi relyeflaridagi tropik oʻrmonlar obrazi) oʻrta asrlar sanʼatida landshaft detallari, ayniqsa, joʻshqin qudratga ega. Manzara mustaqil janr sifatida Xitoyning oʻrta asrlar tasviriy sanʼatida oʻta muhim oʻrin tutadi. Manzaraga tabiatnint doimo yangilanib turuvchi olam qonunining koʻrgazmali umumlashmasi sifatida qaralgan (bu «togʻlar — suvlar» M. turida oʻz ifodasini topgan). Yaponiya sanʼati (12—13-a. lar)da Manzara bezak sanʼatida bezakdagi eng muhim ohanglarni alohida ajratib olishga moyilligi bilan diqqatga sazovor. Gʻarbiy Yevropa sanʼatida Manzaraga asar ruhiy olamining muhim qismi sifatida qaralgan. Shartli zamin (tilla yoki naqshli) Manzara bilan almasha borgan (italyan Jotto, A. Lorensetti, 13—14-a. lar; niderland aka-ukalar X. va Ya. Van Eyk, 15-a. 1-yarmi va b.). Uygʻonish davri rassomlari chizgi va etyudlarida olam haqidagi ratsional qonunlarga amal qilib, Manzaraga real voqealar muhiti sifatida qaraganlar (italyan Leonardo da Vinchi, J. Bellini, Titsian; nemis A. Dyurer, M. Nitxardt va b.), ayni shu davrda Manzaraning alohida janr sifatida shakllanishiga (avvalo grafikada) zamin yaratildi.

19-a. rus Manzara janrida romantik anʼanalar yetakchi rol oʻynagan boʻlsa (F. Matveyev, M. Vorobyev, I. Ayvazovskiy), 19-a. 2-yarmida peredvijniklar harakati b-n bogʻliq realistik Manzara janri gurkirab oʻsdi (I. Shishkin, A. Savrasov, I. Levitan va b.).

20-a. da Yevropa va Amerikada texnika olamini tabiatga qarshi qoʻyuvchi industrial Manzara keng tarqaldi. Realistik Manzara ham jadal rivojlandi, unda goʻzal tabiat oʻziday tabiiyligicha tasvirlanadi.

Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xududida oʻrta asrlar sanʼatida musulmon Sharqi mamlakatlarida boʻlgani kabi naqsh — bezak asosiy oʻrinni egallagan. Girih, islimiy naqshlarda uslublashtirilgan oʻsimlik boʻlaklari koʻp ishlatilgan. Oʻrta Osiyoda shakllangan miniatyura maktablari vakillari qoʻlyozma kitoblarga ishlagan rayem va bezaklar boʻyoqlarining uygʻunligi, zamin sifatida Manzara va meʼmorlikka eʼti-borning kuchliligi bilan diqqatga sazovor. Oʻrta Sharq sanʼati, jumladan, Hirot, Oʻrta Osiyo miniatyura sanʼatida Manzara yuksak darajada namoyon boʻlgan. Ayniqsa, Kamoliddin Behzodning moʻjaz asarlarida Manzara, tabiat koʻrinishi mahorat bilan ishlangan. Uning davomchilari Mahmud Muzahhib, Abdulla Musavvir, Muhammad Murod Samarqandiy, Muhammad Nodir Samarqandiy va b. ijodida xam Manzara koʻrinishlari muhim oʻrin egallaydi.

Oʻzbek Manzara janrining haqiqiy rivojlanishi 20-a. ga toʻgʻri keladi. Shu davrda dastgoh sanʼatida Manzaraning nodir namunalari yaratildi. P. Benkov, Oʻ. Tansiqboyev, N. Karaxan, R. Temurov, R. Ahmedov, N. Qoʻziboyev, A. Mirsoatov va b. bu sohada samarali ijod qildilar va oʻzbek tasviriy sanʼatida Manzara janri rivojiga katta hissa qoʻshdilar.

Neʼmat Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x