XOJA SAʼDUDDIN

XOJA SAʼDUDDIN, Xoja Saʼd Xoja Kalon Xoja (1531—Buxoro — 1589.23.10. ) — Joʻybor xojalaridan, Buxoro shayx ulislomi. Xoja Muhammad Islomnint oʻgʻli. Otasi vafoti (1563) dan soʻng uning oʻrniga Abdullaxon II tomonidan Buxoro shayx ulislomi qilib tayinlangan. Abdullaxon II X. S. fatvosisiz birorta jiddiy ishga qoʻl urmagan. Xoja Saʼduddinga «Qutblar qutbi» va «Sayyidlar panohi» unvonlari berilgan.

Xoja Saʼduddin otasi kabi katta yersuv va koʻchmas mulk egasi boʻlgan. Abdullaxon II unga Badaxshondagi Arxang viloyati va Koʻlobdagi Vaxshni hadya etgan.

Ad.: Ahmedov B., Tarihdan saboqlar, T., 1994; Husenov S, Rajabova I., Chor Bakr, T., 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x