MOTURIDIY

MOTURIDIY, Abu Mansur alMoturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Maxmud al-hanafiy al-Moturidiy asSamarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fikdolimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. «Imom al-xudo», «Imom al-mutakallimin» («Hidoyat yoʻli imomi», «Mutakallimlar imomi») nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻi (hoz. Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan. M. Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqixlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dare berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abulhasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abulmuʼin an-Nasafiy, Abulyusr alPazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi.

Moturidiyning asosiy asarlari «Kitob attavhid» («Yakkaxudolik haqidagi kitob»), «Taʼvilot axl assunna» («Sunniylik anʼanalari sharhi») dir. «Kitob attavhid» bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, nakl — rivoyatlar vositasida va akl-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan xrlda aklidrokni ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi taxlil etilgan. Moturidiy «din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir», deb taʼkidlagan edi.

Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juzʼiy ixti-yor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. «Maʼ-xaz ashshariʼa» («Shariat asoslari sarasi»), «Kitob al-usul» («Diniy taʼlimot asoslari kitobi»), «Kitob aljadal» («Dialektika haqidagi kitob») kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Xasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi, dinlararo bagʻri-kenglik, ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taʼlif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va huquqqa oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan «Taʼvilot alQurʼon» asari va uning uzviy davomi hisoblanmish «Irshod al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalomi rabbil olamin» («Qurʼon oʻqishga kirishganlar uchun qoʻllanma») kitobi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.

Mamlakatimizda Moturidiy merosini oʻrganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. OʻzR Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000-y. da Moturidiy tavalludining 1130-y. ligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Prezident I. Karimov tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi (q. Moturidiy yodgorlik majmui). Toshkent va Samarqandda Moturidiy taʼlimoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazildi. Moturidiy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy merosini oʻrgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. 2001-y. da Gyottin-gen (GFR) untining prof. Ulrix Rudolf qalamiga mansub «Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti» kitobi oʻzbek tilida nashr etildi.

2002-y. da mazkur kitobning keng ommaga, jumladan, oliy oʻquv yurtlarining talabalari va oʻrta maktablarning yuqori sinf oʻquvchilariga moʻljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz Moturidiy merosi bilan oʻz ona tilida tanishish imkoniga ega boʻldi.

Ad:. Karimov I. A., Vatan ravnaqi uchun har birimiz masʼulmiz [Imom Moturidiy tavalludining IZO yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlangan nutq], 9-j, T., 2001; AlMoturidiy taʼlimoti va uning Sharq xalqlari madaniyatidagi oʻrni 1Maʼruzalar toʻplami], T., 2000; Uvatov U., Imom al-Moturidiy va uning taʼlimoti, T., 2000; Katta yev K, Imom al-Moturidiy va Chokardiza, Samarqand, 2000; Abdulaziz Mansur, Al-Moturidiy taʼlimoti, T., 2003 ; Ziyodov Sh., Al-Moturidiy hayoti va merosi, T., 2000.

Abdulaziz Mansur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x