SHAMSIDDINOV

SHAMSIDDINOV Fazliddin (1916.13.1, Buxoro — 1980, Toshkent) — dirijyor, Oʻzbekiston (1965) va Qoraqalpogʻiston (1973) xalq artisti. Moskva Oʻzbek opera studiyasini (1941), Toshkent konservatoriyasini (1956) tugatgan. Ijodiy faoliyatini Oʻzbek davlat musiqali teatrida xonanda va aktyor sifatida boshlagan (192934). Yangiyoʻl teatri (1942—48), Muqimiy teatri (1948— 53), Navoiy teatri (1956—61)da bosh dirijyor, Oʻzbek davlat simfonik orkestri (1953—56), Navoiy … Читать далее

SIRDARYO VILOYATI

SIRDARYO VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1963-y. 16 fev. da tashkil etilgan. Shim. dan Qozogʻiston Respublikasi, sharkdan Toshkent viloyati, jan. dan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 5,3 ming km. Axoliyey 667748 kishi (2003). Tarkibida 9 tuman (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sharof Rashidov) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang, … Читать далее

OFARINKENT

OFARINKENT — Zarafshon vodiysining oʻrta qismidagi oʻrta asrlarga oid shahar va tuman. Miyonkolning yuqori qismini Sugʻdi Xurd (Kichik Sugʻd) yoki Nim Sugʻda (Yarim Sugʻd) tumani egallagan boʻlib, temuriylar davrida Ofarinkent shahri uning markazi edi. «Qandiya»da aytilishicha, Ofarinkent shahri Samarkand hukmdori Gʻurak davrida (8-a.) qurilgan. Shayboniylar davridan bu tuman Ofarinkent deb atala boshlagan. U shayboniy sultonlaridan … Читать далее

YASKAKSUV

YASKAKSUV — Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyatidagi soy, Shoʻrbuloqsoyttt chap irmogʻi. Uz. 20 km, suv yigʻish mayd. 130 km2. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi Usmonjaylov degan joydan (bal. 2500 m) boshlanadi. Asosiy irmoklari: chapdan — Qoʻrgʻontepasoy, oʻngdan — Koʻlqoʻtonsoy. Qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi (Shahriston qishlogʻidan 2 km yuqorida) 0,12 m3/sek. Aprel — avg. … Читать далее

ISHTIXON

ISHTIXON — Samarkand viloyati, Ishtixon tumanidats shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Samarkand sh. dan 68 km, yaqin t. y. stansiyasi — Katta-qoʻrgʻon (22 km). Aholisi 12,3 ming kishi (2001). Shaharda tuman hokimligi binosi, aloqa boʻlimi, 3 umumiy taʼlim maktabi, litsey, pedagogika va tibbiyot kollejlari, kutubxona, dehqon bo-zori, «Shahidlar» yodgorligi majmui, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor. … Читать далее

KANPIR DEVOR

KANPIR DEVOR, Kampir devor, Devori (kanm) pirak — Oʻrta Osiyoda dehqonchilik vohalarini koʻchmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida barpo qilingan mudofaa inshootlari tizimining xarobalari. Maʼnosi «qazilgan» (choh) demaqdir. Talaffuzda «n» bilan «m» almashuvi kuzatiladi. Pir soʻzi esa qad. payrya — aylana, oʻrov maʼnosida. Demak (kanm)pir soʻzining oʻzi xandakli devor degani. Devor soʻzi kanpir soʻzining tub maʼnosi … Читать далее

QASHQADARYO VILOYATI

QASHQADARYO VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyab. da tashkil etilgan. 1927-yil 17 fev. dan 1938-yil 15 yanv. gacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938-yil 15 yanv. da Buxoro viloyatiga qoʻshib yuborildi. 1943-yil 20 yanv. da qayta tashkil etildi. 1960-yil 25 yanv. da Surxondaryo viloyatiga qoʻshildi. 1964-yil 7 fev. dan yangidan tashkil etildi. Respublikaning jangʻarbida, … Читать далее

QIRGʻIZISTON

QIRGʻIZISTON (Kыrgыzstan), Qirgʻiz Respublikasi (Kыrgыz Respublikasы) — Oʻrta Osiyoning shim.-sharqidagi davdat. Mayd. 199,9 ming km2. Aholisi 5 mln. 12 ming kishi (2003). Poytaxti — Bishkek sh. Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat, 40 r-n, 23 shahar, 28 shaharchaga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Qirgʻiziston — suveren, unitar, demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-y. 5-mayda qabul qilingan; 1996, 1998, 2001 va … Читать далее

KONSOY POLIMETALL KONI

KONSOY POLIMETALL KONI — Tojikistonning Sugʻd viloyatidagi Gʻarbiy Qoramozor tizmasining Okurdevon togʻida joylashgan kon. Xoʻjand t. y. stansiyasidan 49 km shim.-sharkda. Konsoy polimetall koni mashhur Konsoy skarnli polimetall rudali maydonidagi konlar turkumiga kiradi. Korolyovo, Konsoy, Qizilqum, Darboza, Okurdevon, Shevchukov va b. polimetall konlaridan iborat. 1925-y. dan muntazam geologik qidiruv tadqiqot ishlari boshlandi. 1933-y. dan boshlab … Читать далее

QORABAYIR OT ZOTI

QORABAYIR OT ZOTI — salt miniladigan va aravaga qoʻshiladigan, q. x. ishlarini bajarishda foydalaniladigan ot zoti. Qadimgi Oʻrta Osiyo argʻumoqlarini moʻgʻul, turkman va arab ot zotlari bilan chatishtirib, takomillashtirish asosida Oʻzbekistonda yetishtirilgan. «Qorabayir ot zoti» atamasi 19-a. ning 2-yarmida paydo boʻlgan va «qoʻlbola», «xonaki ot» maʼnolarini bildiradi. Unga qadar Sharq va Gʻarb yozma manbalarida Buxoro, … Читать далее