SIRDARYO VILOYATI

SIRDARYO VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1963-y. 16 fev. da tashkil etilgan. Shim. dan Qozogʻiston Respublikasi, sharkdan Toshkent viloyati, jan. dan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 5,3 ming km. Axoliyey 667748 kishi (2003). Tarkibida 9 tuman (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sharof Rashidov) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang, maye. Boyovut tumanы), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Guliston sh.

Tabiati. Relyefi, asosan, toʻlqinsimon tekislik boʻlib, jan. dan shim. gʻarbga pasayib boradi. Mirzachoʻl dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Bal. shim. da 230 m, markaziy qismida 400—450 m, jan. va jan. gʻarbda 600—650 m. Sharqida keng Sirdaryo vodiysi joylashgan. Mezozoy va kaynozoy davrida, asosan, choʻkindi jinslarning qalin qatlami bilan qoplangan. Shoʻroʻzak, Mirzarabot, Sardoba kabi botiqlar mavjud. Tekislik qismi daryolar oqizib keltirgan yotqiziklardan hosil boʻlgan, baʼzi joylarini koʻl, botqoq va shoʻrxok yerlar egallagan. Sirdaryo viloyatida yangi kanallar, zovurlar qazilib, choʻl oʻzlashtirildi va ekin maydonlarga aylantirildi. Tekislik qismida irrigatsiya inshootlari qurilib, paxtazor, bogʻ va tokzorlar barpo qilindi. Adirlar lalmikor yerlar va yaylovlardan iborat.

Obhavosi keskin oʻzgaruvchan va quruq. Yillik oʻrtacha t-rasi 14°. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. da —6°, jan. da —2°. Qishda havo tez soviydi va tra —30° gacha (Gulistonda —35°) pasayadi. Baʼzan, qish oʻrtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi. Kech koʻklamda va erta kuzda ham kora sovuq tushib oʻsimlikning oʻsish davrini qisqartiradi. Yozi quruq va issiq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27— 29°. Yozda tra 32—45° gacha koʻtariladi. Koʻpincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va oʻsimliklar rivojlanishiga yomon taʼsir qiladi. Vegetatsiya davri 218 kun. Yillik yogin 180—220 mm, asosan, qishda yogʻadi. Yozda kuchli bugʻlanish sababli yer osti suvlari yuza maydonlarning (Sharof Rashidov, Oqoltin, Guliston tumanlari) tuprogʻini shoʻr bosadi. Noyab. dan martgacha teztez esib turadigan «Bekobod shamoli» tezligi 20—25 m/ sek. (Boyovut tumanida 40 m/sek.)ga yetadi. Bahorda esadigan bu xildagi shamol unib chikayotgan gʻoʻzalarni baʼzan nobud qiladi. Keyingi yillarda ixota daraxtzorlari barpo qilindi. Tuproklari, asosan, och tusli kuchsiz joylashgan boʻz tuproq boʻlib, kam va oʻrtacha shoʻrlangan, mexanik tartibiga koʻra, qumoq va soz tuproklardir. Tekisliklarda shoʻrxok va shoʻrxoksimon tuproq uchraydi. Yer osti suvining chuq. 5—6 m. Shoʻroʻzak massivida, hali oʻzlashtirilmagan pastqam joylarda shoʻrxoklar keng tarqalgan. Sugʻoriladigan yerlarning 32% shoʻrlangan, 25% kuchsiz shoʻrlangan, 16% shoʻrxoklardan iborat. Oʻsimliklardan lolaqizgʻaldoq, boychechak, chuchmoma, qoqi yalpiz, ismaloq, yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qoʻziquloq, tuyatovon, quyonsuyak. juzgʻun, qovul, oqquray, qiltiq, karrak, rang, iloq, betaga, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, qushqoʻnmas, naʼmatak, mingboshi, chitir, gʻumay, pechak, saksovul, har xil butalar, jiyda, doʻlana, tol, terak, qayragʻoch, oq akatsiya, zarang, shumtol va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan: jayra, tulki, boʻri, chiyaboʻri, qobon, jayran, nutriya, ondatra, koʻrsichqon, suvkalamush, tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak, ilon, toshbaqa, falanga, chayon, qoraqurt; qushlardan xoʻjasavdogar, moyqut, bulduruq va b. bor.

Tarixi. Qad. Sirdaryo tarixi haqida maʼlumot beruvchi muhim yozma manba qad. yunon tarixchisi Arrianning «Iskandarning harbiy yurishlari» asaridir. Bu asarda Sirdaryo «Tanais», «Yaksart» nomi b-n yuritiladi.

Mil. av. 3—2-a. larda Oʻrta Osiyoning shim. r-nlarida 5 ta mayda davlatlardan iborat Qangʻyuy davlati ittifoqi yuzaga keladi. Uning tarkibiga hoz. Sirdaryo viloyati hududlari ham kirgan. Ushbu davrda koʻchmanchi aholining viloyat hududiga kelib oʻrnashishi yer tanqisligini yuzaga keltiradi. Natijada hoz. Xovos tumanining gʻarbiy qismlari ham aholi tomonidan oʻzlashtiriladi. Shoʻrbuloqsoyning quyi qismida Eski Xovos yodgorligi, Shirinsoyning quyi qismida Munchoqtepa yodgorligi qad koʻtaradi.

Sirdaryo viloyati hududi ilk bor alohida oʻlkaUstrushona sifatida Beyshi, Suyshi va Tanshu kabi Xitoy yilnomalarida tilga olinadi. Undan oldingi manbalarda Sharqiy Sao (suvi yoʻq) deb yuritiladi. Uning bunday nomlanishi hududda qoʻshni Choch va Sugʻddan farkli ravishda daryolarning koʻp boʻlmaganligi bilan izoxlanadi. Nisbatan oʻlkaning toʻlaroq nomlanishi Tanshu yilnomalarida («Shuaydushana», «Suydushana» nomlari b-n) berilgan. Tan imperatorlari saroyida oʻlka nomi, shuningdek, Layviy (magʻrurligini sezgan holda boʻysunmoq) deb ham yuritilgan. Viloyat qad. aholisining tili sugʻd tiliga oʻxshash tilda soʻzlashuvchi Sirdaryo va Amudaryo oraligʻida yashagan aholi tiliga yaqin boʻlgan. Xan davri yozma manbalarida Dovon (Fargʻona)dan to Ansi (Baqtriya)gacha boʻlgan hudud aholisi turli shevalarda gaplashsalarda, birbiriga yaqin tidda gaplashganlar va oʻzaro birbirini tushunganlar deyiladi.

Mil. 6-a. da Turk xoqonligi davrida mahalliy aholining turk qabilalari bilan munosabatlari rivojlanadi. Qudaandachilik munosabatlari oʻrnatiladi. Ustrushona afshini Xasan ibn Haydar turk lashkarboshisining qiziga uylangan. 8-a. ga oid Xitoy yozma manbasi Syuandzanda yozilishicha, oʻlka «Sutulisen» deb nomlanadi. Shuningdek, unda shim. gʻarbda katta choʻl (Mirzachoʻl) joylashganligi, oʻlka hukmdori Bosi togʻi (Turkiston togʻ tizmasi)ning shim. yon bagʻrida yashaganligi haqida maʼlumotlar bor. Oʻlkada zarb qilingan 6—8a. larga oid tangalar Ustrushonaning ilk hukmdorlari Chirdmish, Satagari, Raxang haqida maʼlumot beradi.

Hokimiyat shu davrda otadan bolaga oʻtgan. 8-a. boshida Ustrushonaga arablar bostirib kirgan. Ustrushona arab va Tan sulolasi oʻrtasidagi kurash maydoniga aylangan. 749-y. da xitoyliklar yurish qilgan boʻlsa, 751-y. da Ustrushonani arablar bosib olgan. Fakatgina 9-a. boshlaridan Haydar ibn Qavus arab xalifasi xizmatiga kiradi.

893-y. da afshinlar sulolasi agʻdarib tashlanib Ustrushona Somoniylar davlati tarkibiga kiritshщi. Oʻrta asrlardagi Ustrushona haqida birmuncha toʻliq maʼlumotlar arab yozma manbalarida mavjud. Ularda aytilishicha, oʻlka hududi Xoʻjanddan Samarqandgacha, Sirdaryo daryosi va Mirzachoʻldan to Hisor tizma togʻlarigacha boʻlgan. Istaxriy (10a.) maʼlumotiga koʻra, Ustrushonaning koʻpgina qismini togʻlar egallagan boʻlib, unda «kemalar suzishi mumkin boʻlgan daryo ham, koʻl ham yoʻq». Havkalga binoan, Movarounnaxrning boshqa viloyatlari qatori Ustrushona ham q. x. mahsulotlari b-n ajralib turardi. Bu mahsulotlar viloyat tashqarisiga, jumladan, Xoʻjandga chiqarilgan. Ayrim shaharlarda bozorlar boʻlgan. Ustrushonaliklarning fahri Mink va Marsmandada ishlab chiqarilgan temir qurollar boʻlib, ular Xurosonda ishlatilgan va Iroqqacha shu qurolyarogʻ b-n qurollanganlar. Ustrushona poytaxti Bunjikat sh. boʻlgan. Oʻrta Osiyodagi boshqa davlatlar qatori Ustrushona ham keyingi hayotida qoraxoniylar, moʻgʻullar, temuriylar, shayboniylar va b. davlatlari tarkibidagi tarixiy davrlarni boshidan kechirgan.

Qad. viloyat axoliyey, asosan, soy va chashmalar boʻylarida vohavoha boʻlib hayot kechirishgan. Viloyat hududida Xoʻjamushkentsoy, Shoʻrbuloqsoy, Mugʻolsoy, Tagobsoy, Sarmichsoy singari suv manbalari boʻlgan. Suv balansining buzilishi manzilgohlarning yoʻq boʻlib ketishiga yoki boshqa joyga koʻchib oʻtilishiga olib kelgan.

Sv. da qad. kanallarning izlari, sardobalar mavjud. 70 km uzunlikdagi Oʻrinboyoʻgʻiz, Iskandarariq, Buxoroariq juda qad. kanallardir. 15-a. da Shohrux va Ulugʻbek Sirdaryodan Mirzachoʻlga kanal orqali suv chiqartirgan. Keyinchalik Mirzachoʻlning jan. sharqida Boʻzariq, Sirdaryoning oʻng tomonida Dalvarzinariq barpo etilgan. Qiyot koʻli yonida Sirdaryodan suv oladigan mayda ariqlar boʻlgan. 1872-y. da Bekobod yonida Kaufman kanali (13 km), 1878—82 y. larda Toʻngʻizariq (6 km) qazildi. 1883—85 y. larda Iskandarariq va Buxoroariq qayta kavlandi. 1891—95 y. larda Farhod togʻi yonida maxsus toʻgʻon (Shohtoʻgʻon) qurildi. 1896-y. da hoz. Doʻstlik kanali qazilib Mirzachoʻlning ichkarisiga suv yuborildi. 1897-y. da Mirzachoʻlda birinchi marta 6 ga yerga paxta ekildi. 1899-y. da 8 ming ga, 1907-y. da 9,09 ming ga, 1910-y. da 12,2 ming ga, 1915-y. da 34,5 ming ga yer sugʻorilib, 19 ming ga yerga paxta ekildi. 1926-y. da 180 km ariq va kanallar qazildi, sugʻoriladigan maydonlar 53 ming gektarga yetdi, 1927-y. da 60 ming ga (shundan paxta 27 ming ga), 1929-y. da 68 ming ga, 1934-y. da 134 ming ga, 1938-y. da 154 ming ga (shundan paxta 40 ming ga) yer sugʻorildi. 1942-y. da 180 ming ga yer (shundan 70 ming ga yer paxta) sugʻorildi. 1943—48 y. larda Farhod GES, bosh toʻgʻon Doʻstlik kanaliga tutashtirildi. Boyovut kanali va Farxrd suv ombori qurildi. Natijada Mirzachoʻlning jan. qismi va Dalvarzin choʻlini sugʻorish masalasi hal qilindi. 1956—59 y. larda Qayroqqum suv ombori va GES (quvvati 126 ming kVt) qurildi. 1956-y. larda sugʻoriladigan yerlar mayd. 280 ming gektar yerga yetdi. 1960-y. da Jan. Mirzachoʻl kanali (uz. 128 km) qazildi. 1958-y. da shoʻr suvlarni oqizish uchun 90 km uzunlikdagi Markaziy Mirzachoʻl kollektori qurilib, Boyovut va Yettisoy kollektorlariga qoʻshildi. Viloyat qududidan Sirdaryo oqib oʻtadi.

Aholisi. Sirdaryo viloyatida, asosan, oʻzbeklar (60%), shuningdek, qozoq, tojik, rus va b. 70 dan ortiq millat vakillari yashaydi. 1 km2 ga 126 kishi toʻgʻri keladi (2003). Qishloq aholisi 455,9 ming kishi, shahar aholisi 211,9 ming kishi.

Xoʻjaligi. Sv. respublikaning yirik paxtachilik bazalaridan biri. Viloyat xoʻjaliklari, asosan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati paxtani va boshqa q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan.

Sanoati. 20-a. boshlarida viloyatda bir necha mayda korxona bor edi. 1970y. larda 8 paxta tozalash z-di, 29 paxta qabul qilish punkti boʻlgan. Paxta z-dlaridan chiqqan paxta tolasi Bolgariya, Polsha, Kuba, Chexoslovakiya, Turkiya, Afrika mamlakatlariga joʻnatilgan.

Sv. dagi 10774 ta korxonadan 10129 tasi kichik va oʻrta biznes korxonasi, shundan 8557 tasi mikrokorxona va 1282 tasi kichik va 290 tasi oʻrta korxonalardir.

Viloyatda xorijiy investitsiya ishtirokida 39 ta korxona faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 35 tasi qoʻshma korxonadir. Qoʻshma korxonalardan: Oʻzbekistan — Rossiya hamkorligidagi «Turkiston S» (konditer mahsulotlar ishlab chiqaradi), OʻzbekistonChexiya «Lechiva» farmsanoat qoʻshma korxonasi (tibbiy spirt, doridarmon tayyorlaydi), chet el parrandachilik firmasi, Oʻzbekiston — Avstriya «Sirdaryo», «Lolamodel» (trikotaj buyumlar ishlab chiqaradi), «Sarbonteks» (tibbiy bint, doka, jarroxlik salfetkalari), Oʻzbekiston — Eron «Sayxun PAYA» (tomat pastasi ishlab chikariladi), Oʻzbekiston — Xitoy «Paxtakor LTD» (issiqxona), Oʻzbek — Arab «Ok,oltin PMB» (paxta tolasi ishlab chiqaradi) va b. korxonalar, ayniqsa, samarali faoliyat koʻrsatmoqda. 9 paxta tozalash z-di, Sirdaryo issiklik elektr st-yasi, Farhod GES, «Momiq», «Zilola», «Shuxrat», «Gulistonnon», «Xovosdon», «Oq oltindon» aksiyadorlik jamiyatlari, «Sayxunsut» xususiy korxonasi, «Bunyod» korxonasi (temirbeton buyumlar ishlab chiqaradi) va b. ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligi. Paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, mevachilik, sabzavotpolizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sirdaryo viloyatida 30 shirkat va 6170 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi (2004). Viloyatning jami ekin maydonlari 245,0 ming ga, shundan 115,3 ming ga yerga paxta, 86,3 ming ga yerga gʻalla, 6,0 ming ga yerga sholi, 1,9 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 450 ga yerga kartoshka, 19,5 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 1233 ga bogʻ va tokzor bilan band. Shuningdek, sugʻoriladigan yerlarga beda, noʻxat, mosh, kunjut, tariq, loviya, kungabokar va b. ekiladi. Guliston va Xovos tumanlari sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan asosiy joylardir. Viloyatda yetishtiriladigan qovun, tarvuz, piyoz Ural, Sibir va Uzok, Sharqdagi shaharlarga xam joʻnatiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Sirdaryo viloyati dagi jami jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 181,1 ming krramol (shundan 75,9 ming sigir), 120,5 ming qoʻy va echki, 376,3 ming parranda, 6,1 ming ot boqiladi (2004). Viloyatda 2 ta baliqchilik xoʻjaligi mavjud.

Transporti. Viloyat hududidagi t. y. uzunligi 172 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 1,6 ming km. Sv. hududidan Toshkent—Kitob, Toshkent — Nukus, Toshkent — Buxoro, Toshkent — Termiz, Toshkent — Samarqand, Toshkent — Andijon, Toshkent — Xovos poyezdlari oʻtadi. Toshkent — Samarqand, Toshkent — Guliston elektr poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Katta Oʻzbekiston trakti ham viloyat hududidan oʻtgan. Sv. orqali Toshkentdan Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Termiz, Kitob, Shahrisabz, Urganch, Nukusga katnaydigan avtobuslar oʻtadi. Bundam tashkari, viloyat markazi bilan tuman markazlari oʻrtasida hamda Guliston va Yangiyerdan Toshkentga avtobuslar katnaydi.

Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sport. Sirdaryoda 1914-y. da bitta, 1916-y. da 13 ta rus-tuzem maktabi faoliyat koʻrsatdi. 1917—23 y. larda maktablar soni 52 ta, oʻquvchilar soni 2030 ga yetdi.

2003/2004 oʻquv yilida Sirdaryo viloyatida 308 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 156 ming oʻquvchi, shu jumladan, 14 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 3659 oʻquvchi taʼlimtarbiya oldi. Viloyatdagi 14 musika va sanʼat maktabida 1300 oʻquvchi, 22 sport maktabida 11 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi.

Xalq taʼlimi tizimida xalqaro hamkorlik borasida ham maʼlum ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Mirzaobod tumanidagi 21maktab YUNESKO maktabi Kengashiga aʼzo, YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda viloyatda 5 ta xonadonbogʻcha tashkil etilgan.

2003-y. ning sentyabr oyida «Ozodlikni qoʻllab-quvvatlash» (AKSELS) Dasturi boʻyicha Toshkent sh. da boʻlib oʻtgan koʻriktanlovda viloyatning 110 iqtidorli maktab oʻquvchilari ishtirok etib, 1turdan 43 nafari muvaffaqiyatli oʻtdilar.

Viloyat shahar va tumanlarida 1998 — 2003-y. larda 22 kasb-hunar kolleji va akademik litseylari binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. 2004-y. da Sirdaryo viloyati dagi 22 kasb-hunar kollejida 12483 oʻquvchi, 2 akademik litseyda 1186 oʻquvchi taʼlim oladi. Guliston universitetы mavjud.

Sirdaryo viloyatida 1 muzey (Guliston sh. dagi «Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi muzeyi»), 198 jamoat kutubxonasi (1659,8 ming nusxa asar), 103 klub va madaniyat uyi, 1 teatr (q. Sirdaryo teatri), viloyat rasmlar galereyasi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar viloyat markazi, Guliston sanʼat bilim yurti, 2 ta madaniyat va istirohat bogʻi, «Oʻzbeknavo», «Oʻzbekraqs» viloyat boʻlimlari bor, «Sirdaryo navolari» ashula va raqs ansambli, 9 ta xalq havaskorligi jamoalari respublika va viloyat ommaviymadaniy tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar.

Sv. dan Sh. Rahmatullayeva kabi Oʻzbekiston xalq artistlari, A. Gʻofurov, Gʻ. Hamidullayev, M. Nurmatov, R. Hasanov, T. Qosimova, A. Yusuvaliyev, A. Abdullayev, O. Abdullayeva, A. Xoliqov, R. Karimov, Sh. Jumayev kabi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar yetishib chiqqan.

Sogʻliqni saqlash. Viloyatda 4,1 ming oʻrinli (10 ming kishiga 63,2 oʻrin) 32 kasalxona, 10 tugʻruqxona, 131 ambulatoriya, poliklinika, 130 qishloq vrachlik punkti, 108 dorixona va b. tibbiy muassasalarda 1522 vrach, 7616 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi (2004). Guliston sh. da respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi ishlab turibdi. Uning 9 ta tumanda boʻlimlari tashkil etilgan.

Sport. Sv. sportchilari sportning 33 turi boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqdalar. Shulardan kikboksing, kurash, belbogʻli kurash, boks, akademik eshkak eshish, armrestling, taekvondo, yengil atletika, shaxmat, shashka, karate, velosport va b. turlari boʻyicha xar xil turdagi medal sovrindorlari boʻlishdi.

Viloyat sportchilari vakillari Respublika terma jamoalarining 19 tasida ishtirok etmoqdalar. Sv. sportchilari 2003-y. da jahon, xalqaro va Osiyo musobaqalarida qatnashib sovrinli oʻrinlarni egallashdi. Jumladan, kikboksing boʻyicha Gretsiyada oʻtkazilgan jahon chempionatida Jahongir Koʻchmurodov, Alisher Abdullayevlar oltin medallar, Sobir Qodirov bronza medali, Rossiyada armrestling boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida Farid Usmanov kumush medal, shashka boʻyicha Hindistonda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Alisher Ortiqov kumush medal, boks boʻyicha Italiyadagi jahon chempionatida Sherzod Abdurahmonov kumush hamda Boku sh. dagi xalqaro turnirda bronza medal sovrindorlari boʻlishdi. Italiyada akademik eshkak eshish boʻyicha xalqaro turnirda Sergey Tyan, Yuriy Shaxsuvaryan, Sergey Yaqubov va Vitaliy Silayevlar bronza medallarini, Rossiyadagi xalqaro shaxmat turnirida Sobir Umarov 1-oʻrinni, Angliyadagi kurash boʻyicha «Islom Karimov» xalqaro turnirida Alisher Boʻronov 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar. 2003-y. da viloyat sportchilari 6 ta jahon, 16 ta xalqaro, 40 ta dan ortiq respublika musobaqalarida qatnashib, munosib oʻrinlarni egallashdi. Viloyatda tennis boʻyicha xalqaro «Fyuchers» turnirini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Sv. da sportning texnik turlari (karting) boʻyicha Respublika chempionatlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Viloyatda 22 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Ularda 11 mingga yaqin oʻquvchi sportning har xil turlari bilan shugʻullanadi. Guliston sh. da viloyag sport qoʻmitasiga qarashli Olimpiya oʻrinbosarlari bolalar va oʻsmirlar maxsus sport maktabi ishlab turibdi.

Sirdaryo viloyatida sportchilar va aholi ixtiyorida 1493 sport inshootlari (shu jumladan, «Alpomish» sport majmui, «Boks» saroyi, «Yoshlar sport markazi», tennis kortlar va b.), 1230 sport maydonchasi, 11 suzish havzasi, 12 stadion bor. Viloyatda barcha turdagi sport tashkilotlari sport seksiyalarida 181,3 mingdan ziyod bola shugʻullanib kelmoqda. Bolalar sportini rivojlantirish boʻyicha umumiy taʼlim maktablari, kollej va litseylar boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqildi, tegishli choratadbirlar belgilandi. Taʼlim muassasalarini, sport maktablarini malakali kadrlar bilan taʼminlashda Guliston davlat un-tida ochilgan boshlangʻich taʼlim va sporttarbiyaviy ishlar, jismoniytarbiya va jismoniy madaniyat yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi boʻlimning muayyan oʻrni bor.

Adabiyoti. Sirdaryo viloyati adabiy muhitining yuksalishida «Sirdaryo haqiqati» gaz. ning tashkil etilishi (1963) munosabati b-n bu yerga yuborilgan bir guruh yozuvchi va jurnalistlarning taʼsiri katta boʻldi.

Sirdaryo adabiyoti respublika adabiyotining tarkibiy qismi sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyatda «Ziyo» nashriyoti tashkil etilgan. Mustaqillik yillarida oʻnlab yosh, iqtidorli shoirlar oʻz ijodi bilan viloyat sheʼriyat muxlislarga tanilib kelmoqda.

Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻra Sulaymon oʻzining 20 dan ortiq sheʼriy toʻplamlari va dostonlari bilan oʻzbek adabiyotiga qissa qoʻshgan. Uning «Istar koʻngil», «Hamqishlokdarim», «Qorasoch» va b. kitoblari adabiyot muxlislarining mulkiga aylangan.

Shoira Halima Xudoyberdiyeva poeziyasining mavzui vatan, dala, bobodehqon, ayol, muhabbat, mangulikdir. «Oʻzimizning bogʻlar», «Ona, seni sharaflayman», «Qalbingga chorlaysan» turkum sheʼrlari, «Oq olmalar», «Chaman» va b. sheʼriy toʻplamlarida insonning ruhiy dunyosi aks etgan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Hamroqul Rizo (Rizoqulov) Sirdaryoning meqnatkash kishilari matonatini kuylab adabiyotga kirib kelgan. Uning «Sirdaryo qasidasi», «Choʻl qaldirgʻochi», «Umid karvonlari» sheʼriy toʻplamlari, «Oʻgʻirlangan bolalik», «Oyning oʻn beshi yorugʻ» qissalari oʻz muxlislarini topgan.

Shoira Hayotxon Ortiqboyeva, hajvchi adib Joʻra Umarqulov, va b. ijodkorlar Sirdaryo vohasining mustaqillik yillaridagi kamolotini, sirdaryoliklarning ijodiy mehnatini oʻz asarlarida aks ettirmoqdalar.

Adabiyotshunos Anqaboy Quljonov, Ravshanbek Maxmudov, Umrzoq Oʻljaboyev kabi olimlarning bir qancha asarlari nashr etilgan.

Sv. da Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va b.)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi.

Matbuoti, radio va televideniyesi. Sirdaryo viloyatida 2 viloyat gaz. («Sirdaryo haqiqati», «Sыrdarinskaya pravda»), 9 tuman gaz., 5 shahar gaz. («Guliston yangiliklari», 1989; «Gulistanskiye novosti», 1989; «Yangiyer tongi», 1967; «Shirin Sadosi», 1995; «Baxtnoma», 1996-y. dan) chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 14 tarmoq, 1 xususiy gaz. («Yogʻdu plyus», 1994-y. dan chiqadi), 1 jurnalUniversitet axborotnomasi», 2001-y. dan chiqadi) nashr etiladi.

Sv. da dastlabki radioeshittirishlar 1963-y. dan boshlangan. Viloyat radiosi oyiga 21 soat 20 min. hajmida eshittirishlar beradi. Shuningdek, Oʻzbekiston radiosining birinchi «Oʻzbekistan» kanalida radioeshittirishlar retranslyatsiya qilinadi.

1996-y. da viloyat telestudiyasi tashkil etilib, telekoʻrsatuvlar bera boshladi. Sirdaryo viloyatida, shuningdek, «Aloqa A. K.» tijorat televideniyesi (2001-y. dan), «Shodlik R» xususiy firmasiga qarashli «Kometa» kabelli telestudiyasi (2003-y. dan) faoliyat koʻrsatadi.

Meʼmoriy yodgorliklardan viloyat hududida Sharof Rashidov tumanidagi Sardoba (16-a.)saqlanib qolgan (Sardobaaagch rasmga q.) 640—641betlar orasidagi Sirdaryo viloyatining tabiiy va iqtisodiy ran pli xaritasiga q.

Ad.: Alimov U. A., SverchkovaL. M., Arxeologicheskiye issledovaniya Sыrdarinskoy obl., IMKU. Vыp. 21, T., 1987; Sыrdarinskaya oblast — otkrыtoye prostranstvo dlya investitsiy, T., 1998; Qudratov. S, Sardobalar oʻlkasi, T., 2001.

Abduqayum Abdurahimov, Solijon Qudratov, Ibrohim Karimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x