ISHTIXON

ISHTIXON — Samarkand viloyati, Ishtixon tumanidats shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Samarkand sh. dan 68 km, yaqin t. y. stansiyasi — Katta-qoʻrgʻon (22 km). Aholisi 12,3 ming kishi (2001). Shaharda tuman hokimligi binosi, aloqa boʻlimi, 3 umumiy taʼlim maktabi, litsey, pedagogika va tibbiyot kollejlari, kutubxona, dehqon bo-zori, «Shahidlar» yodgorligi majmui, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor.

Ishtixon kadimdan maʼlum boʻlib, ilk zamindorlik davrida mustaqil hokimlikning markazi boʻlgan, keyinchalik Sugʻdiyona tarkibiga kirgan. Samarkand arablar tomonidan bosib olingach (8-a. boshlari), Sugʻd ixshidlari Ishtixonga kelib uni poytaxt qilgan. 10-a. da Ishtixon qalʼa, shahriston va raboddan iborat katta shahar boʻlgan. Keyingi asrlarda ham yirik savdo shahri sifatida mashhur edi. Tarixiy manbalarda Ishtixon savdo-sotiq rivojlangan, atrofi bogʻrogʻ, dalalar bilan oʻralgan chiroyli shahar sifatida tilga olinadi. Ishtixonga Zarafshon daryosi orqali suv kelgan. Keyinchalik shahar xarobaga aylangan. Uning oʻrnida kichikroq qishloq (hozirgi Ishtixon shah-ri) vujudga kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x