SHAMSIDDINOV

SHAMSIDDINOV Fazliddin (1916.13.1, Buxoro — 1980, Toshkent) — dirijyor, Oʻzbekiston (1965) va Qoraqalpogʻiston (1973) xalq artisti. Moskva Oʻzbek opera studiyasini (1941), Toshkent konservatoriyasini (1956) tugatgan. Ijodiy faoliyatini Oʻzbek davlat musiqali teatrida xonanda va aktyor sifatida boshlagan (192934). Yangiyoʻl teatri (1942—48), Muqimiy teatri (1948— 53), Navoiy teatri (1956—61)da bosh dirijyor, Oʻzbek davlat simfonik orkestri (1953—56), Navoiy teatri (1941—42 va 1961-y. dan), «Oʻzbekfilm»da (1955 — 71) dirijyor. 1958-y. dan Toshkent konservatoriyasi, 1970-y. dan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida dare bergan.

Shamsiddinovning dirijyorlik texnikasi oʻzining aniqligi, ravonligi, musiqiyligi, ijro uslubi har bir obrazni oʻziga xos musiqiy tavsif orqali ifodalanishi bilan ajralib turadi. Shamsiddinov «Tohir va Zuhra» (T. Jalilov) kabi musiqali dramalar, «Layli va Majnun» (R. Glier, T. Sodiqov), «Maysaraning ishi» (S. Yudakov), «Poltavalik Natalka» (N. Lisenko), «Karmen» (J. Vize), «Sugʻd elining qoploni» (I. Akbarov) singari operalar, «Momaqaldiroq soʻqmoklaridan» (Q. Qorayev), «Francheska da Rimini» (P. Chaykovskiy), «Bolero» (M. Ravel) va b. baletlarni sahnaga tayyorlashda faol qatnashgan va dirijyorlik qilgan. U Oʻzbekiston kompozitorlari (M. Burbonov, Ik. Akbarov, S. Yudakov, S. Boboyev va b.) simfonik asarlarining birinchi ijrochisi va targʻibotchisi sifatida ham tanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x